rossiyalik bitta mer haqida.
yoshlikdan beri yaxshi ko‘radigan, birga katta bo‘lgan do‘sti bor ekan.
“yaxshi odam, bekor yurmasin”, deb o‘ziga yordamchi qilib olibdi. keyin qaysidir bo‘limlarni ham boshqarishga beribdi.
do‘sti esa 3 yil ichida butun hokimiyatni qarzga botiribdi, byudjetdan pul o‘margan, oxirida o‘ziniyam, boshlig‘iniyam qamoqqa tiqib, nominiyam bulg‘abdi.
eng qizig‘i, 3 yil davomida merga bu odam haqida kelgan shikoyatlarni deyarli eshitmagan.
“e, u yaxshi bola. man uni yoshligidan bilaman. adolatli bola”, deb.
odam kimnidir yaxshi ko‘rsa, uni xatosinimas, o‘zini u haqidagi tasavvurini ko‘ra boshlarkan.
keyin hikmat izlab qolasiz:
“e, hozir bunda bir hikmat bo‘lishi kerak…”
“nega unday qilgan bo‘lsa, bekorga qilmagan bo‘lsa kerak…”
aslida esa odam shunchaki xato qilgan bo‘lishi mumkin.
Post #1005
968
- ⚡ 9
- ❤ 4