TGViewer
Build w Abdulaziz Build w Abdulaziz @azizbeklive · 2K subscribers
Post #994 1.21K
“ota-onani tezroq xafa qilish kerak”

instagramda shunaqa kontent ko’rib qoldim.

kasb tanlashda ota-ona “doktor bo’l” desa, “yo’q, man dizayner bo’laman” deb ularni xafa qilish kerak emish.

qiziq.
mustaqillikni biroz noto’g’ri tushunib qolganga o’xshaymiz.

ota-onani fikriga qarshi chiqish mustaqillikmas.

xuddi shuningdek, ota-onani fikriga qo’shilish ham avtomatik tarzda qaramlik deganimas.

- “man doktor bo’lmayman” deyish oson.

- “man bu kasbni tanladim, chunki mana shu sabablar bor. mana nimani o’rganaman. mana qanday pul topaman. Ishlamasa, mana B variantim.”
bu bo’sa boshqa daraja, ma’suliyat va ishonch.

chunki ba’zan odamla ota-onasini bosimidan qochyapman deb o’ylab, shunchaki teskarisini qilishni boshlaydi.

lekin qarorni hali ham ota-onasi belgilayapti.

faqat “ha” o’rniga “yo’q” deyishni tanlayapti.

bu mustaqillikmas.
bu shunchaki reaksiya.

haqiqiy erkinlik ota-onangga qarshi chiqishdan boshlanmaydi.

o’zing nima xohlayotganingni tushunishdan boshlanadi.

ha — ba’zan o’z yo’lizni tanlaganda ota-onangiz xafa bo’lishi mumkin.
lekin ulani ataylab xafa qilishni “self-growth” deb romantizatsiya qilish shartmas.
  • 💯 30
  • 👍 7
  • ❤ 6
More from @azizbeklive
  1. Oct 11, 2026dunyoda man umuman yoqtirmaydigan 2 turdagi inson bor. agar talaba yoki 20-25 yoshda bo‘ls…
  2. Oct 9, 2026bitta UGC influencerga 40$ to’ladik bitta videoga ContentCoach targ’iboti uchun. 2 kunda t…
  3. Oct 8, 2026rossiyalik bitta mer haqida. yoshlikdan beri yaxshi ko‘radigan, birga katta bo‘lgan do‘sti…
  4. Oct 6, 2026bitta cholni eshigi oldida yosh bolalar har kuni futbol o‘ynasharkan. chol: — e, ketilar,…
  5. Oct 4, 2026vakansiya ContentCoach haqida juda ko‘p kontent chiqarishim va shu orqali lead olib kelish…
  6. Oct 4, 2026do I look russian? why does everyone speak russian to me while they’re speaking uzbek with…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →