Mukammal mahsulot uchun mukammal foydalanuvchilar kerak!
1. Qanday qilib ajoyib mahsulot yaratish mumkin?
Mahsulot darrov ideal bo‘lib qolmaydi. U foydalanuvchilarning fikri asosida bosqichma-bosqich rivojlanadi. Lekin bu yerda bitta katta tuzoq bor.
2. Agar siz mahsulotingizni unga ehtiyoji yo‘q, shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan foydalanuvchilarga pullashga harakat qilayotgan bo'lsangiz, ulardan oladigan fikringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Natijada siz hech kimga kerak bo‘lmagan funksiyalarga to‘la mahsulot yaratib qo‘yasiz.
3. Shuning uchun startapning boshlang‘ich bosqichidagi eng muhim vazifasi bu, mahsulotni chin dildan yaxshi ko‘radigan ideal foydalanuvchilarni topishni o‘rganishdir! Faqat haqiqiy ehtiyoji bor odamgina sizga mahsulotni mukammallashtirish uchun kerakli signalni bera oladi.
4. Shunday toifadagi foydalanuvchilar bor: bugun kelib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan shovqini baland ishqibozlar yoki, "agar mana shu narsani qo‘shsangiz, balki ishlatib ko‘rarman" deydigan jiddiy amakilar. Ularning talablari bu, shunchaki shovqin. Ular sizni chalg‘itadi va asosiy yo‘nalishingizdan uzoqlashtiradi.
5. Investor sifatida biz retention'ga qaraymiz ya'ni: asoschi kimning gapiga quloq solyapti? Ommaga yoqishga harakat qilyaptimi yoki o‘zining sodiq auditoriyasini tushunyaptimi?
6. O‘zingizga savol bering: Mahsulotingizning ideal foydalanuvchisi kim? U qanday ko‘rinishga ega va aynan nima uchun sizdan foydalanyapti?
Hamma foydalanuvchining gapi ham oltin emas. To‘g‘ri odamlarni eshitish mahsulotning yarim muvaffaqiyati hisoblanadi.
@ayakubofff
Post #675
3.01K
- 👍 9
- 👏 9
- ❤ 8
- ⚡ 4