TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #683 1.98K
Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman?

Oxirgi bir yil ichida doimiy post yoki video qo‘ya olmayotgan bo‘lsam ham, buning bosimi ichimda baribir turardi. Kontent qo‘ya olmay qolgan paytlarim rosa siqilib yurardim.

Buning sababi qanaqadir "shaxsiy brend" yuritish yoki ijtimoiy tarmoqda faol ko‘rinish uchun emas. Shunchaki o‘zim ham sizlar bilan birga yangi narsalarni o‘rganishni xohlayman, xolos.

Bitta post yozish uchun mavzu tanlashning o‘zi rosa kuch olib qo‘yadi. Lekin o‘sha mavzuni kengroq yoritish uchun boshqa maqolalarni o‘qib, tahlil qilayotganimda, o‘zim ham bilmagan ko‘p narsalarimni o‘rganib olaman. Yoki sohamga oid kitob o‘qiyotganimda eng zo‘r joylarini sizlarga o‘zimning formatimda yetkazib beraman-u, o‘zim ham yaxshilab eslab qolaman.

Oxirgi paytda o‘rganayotgan narsalarim juda ko‘p, lekin sizlarga ulashishga yetarlicha kuch topolmayotgandim. Endi asta-sekin hammasini tiklayapman. Lekin baribir ichimda bitta qo‘rquv bor, bu shijoat yana o‘chib qolmasmikin?

Aslida bugun gaplashmoqchi bo‘lgan mavzuyim ham aynan shu, shijoat va hafsala haqida.
Odam butun umr bir xil shijoat bilan yashashi mumkinmi?

Albatta ha! Faqat bitta sharti bor. atrofingizda buni qadriga yetadigan va o‘zingizga o‘xshagan shijoatli insonlar bo‘lishi kerak. Energiya almashinuvi kamaydimi demak, muhitni o‘zgartirish kerak.

Mening ham blog yuritishda shijoatim pasayib ketishiga eng katta sabab, bu sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz kamayib ketishi bo‘lishi mumkin. Agar men qo‘yayotgan maqola yoki videolar kimgadir foyda beryotganini sezib tursam, mana shu energiya bilan juda uzoq muddat sizlar bilan onlayn bo‘la olaman.

Endi sizlarning shijoatingizni Instagram’ga qo‘ygan yangi videomning izohlarida ko‘raman:
https://www.instagram.com/reel/DY2MICMIou8/?igsh=MXdzdnMxZGlxZ2o3MQ==
  • ❤ 11
  • 👏 6
  • 👍 5
  • ⚡ 4
  • 👀 2
  • 💘 1
More from @ayakubofff
  1. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  2. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  3. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  4. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  5. May 20, 2026O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik. Yaqinda…
  6. May 12, 2026Amerikada, Stanford universitetida aylanib yurganimizda, ilhom kelib qoldi-yu, shartta pod…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →