TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #682 2.21K
O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik.

Yaqinda Alisher Sadullayevning qo‘llab-quvvatlashi bilan Amerikadan tashrif buyurgan mehmonlarimiz Yasin va Tariq bilan bir stol atrofida yig‘ildik. O‘zbekiston startap ekotizimining traektoriyasini o'zgartirishga hissa qo'shadigan loyihalar ustida ishlayapmiz.
Xo‘sh, nimalarni reja qilyapmiz?

Birinchidan: Yoshlar Ventures’ning San-Fransiskodagi ofisini kengaytirish. Silikon vodiysining qoq markazida o‘zbek asoschilari uchun haqiqiy "baza" yaratmoqchimiz. Resurslar, kuchli networking va hamjamiyat. Barchasi global bozorga chiqayotgan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.

Ikkinchidan: Dunyo darajasidagi mentorlarni O‘zbekistonga olib kelish. Yigitlarimiz eng zo‘r bilimlarni olish uchun vatanidan ketishlari shart emas. Biz top darajadagi founder va investorlarni (masalan, a16z tomonidan qo‘llab-quvvatlangan operatorlarni va Y Combinatorda qatnashgan va 5 mln dollardan ko'p investitsiya olgan asoschilarni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga olib kelamiz. Toshkentdan tortib viloyatlargacha jahon andozasidagi bilim yetib boradi.

Uchinchidan: Deep-Tech tadqiqotchilari uchun AI Xakaton. Bu navbatdagi navbatchi xakatonlardan biri bo‘lmaydi. Bu aynan ilm-fan bilan shug‘ullanadigan, chuqur fundamental bilimga ega olim va tadqiqotchilar uchun. Maqsadimiz, akademik bilimlarni real biznes va ta'sirchan loyihalarga aylantirish.

Bu hali hammasi emas. Hozirda AQSH'dagi biznes farishtalar bilan o‘zbek startaplariga birgalikda investitsiya kiritish (co-investment) bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib boryapmiz.

Startaplarimiz uchun nafaqat pul, balki aqlli kapital (smart capital) kerak.
Hozircha bu rejalar yakuniy emas, lekin yo‘nalishimiz aniq, jamoa to‘g‘ri yig‘ilgan va maqsadimiz juda katta.
  • 👍 14
  • ❤ 11
  • 👏 3
More from @ayakubofff
  1. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  2. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  3. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  4. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  5. May 29, 2026Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman? Oxirgi bir yil ichida d…
  6. May 12, 2026Amerikada, Stanford universitetida aylanib yurganimizda, ilhom kelib qoldi-yu, shartta pod…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →