Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir xil, nega aynan shu muammo va nega aynan siz uni hal qilasiz.
Koʻpchilik bozor hajmini, raqobatchilarni sanaydi va baland parvoz gaplar bilan texnologiyasini maqtaydi. Lekin oʻzlari haqida gap ketganda, gapira olishmaydi.
Men buni odatda qanday tekshiraman:
1. Jamoadan har bir aʼzoning muammo bilan shaxsiy aloqasini soʻrayman. Javob tayyor boʻlsa, bu yaxshi belgi.
2. Oxirgi uch oyda nima oʻzgarganini soʻrayman. Hech narsa oʻzgarmagan boʻlsa, bu signal.
3. Mijozlar bilan necha marta gaplashganini soʻrayman, aniq raqam bilan. Juda koʻp degan javob meni qoniqtirmaydi.
4. Jamoa oʻzaro qanday qaror qabul qilishini kuzataman. Bitta odam gapirsa, qolganlar jim tursa, bu ham belgi.
O’tgan safar bir jamoa mijozlar bilan gaplashgan sonini aniq raqam bilan aytib berdi. Shu javobdan keyin biz ikki soat muhokama qildik.
Siz oxirgi marta mijozingiz bilan qachon gaplashgansiz?
#investitsiya@ayakubofff
Post #686
581

- ⚡ 4
- ❤ 3
- 👏 3
- 👍 2