TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #673 3.16K
Startap uchun g‘oya emas, trend qidiring!

1. Endigina startap qurishni boshlayotgan yigitlarning ko'p beradigan savoli: "Maxsulotimni qanday qilib bozorga olib kirsam bo'ladi?" Bu savolga javoblar juda ko'p va javoblarning hammasi to'g'ri bo'lishi mumkin. Lekin bir vaqtning o'zida hamma javoblar noto'g'ri bo'lishi ham mumkin.

2. Aksariyat startapperlarning tassavurida esa, ular yaratgan mahsulot bu o'gir shkaf, uni zo'riqib, baqir-chaqir bilan boshqa xonaga surish kerak deb o'ylashadi. Lekin bunday usul bilan mahsulotni osmonlarga olib chiqib bo'lmasligini hamma ham tushunavermaydi.

3. Muvaffaqiyatli mahsulot bu - Surish kerak bo'lmagan mahsulotdir! Uni bir marta yengil turtib yuborishning o'zi kifoya, u o'z-o'zidan uchib ketishi kerak. Startapperning vazifasi esa, u yo'lda sekinlashib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan turtib turish, xolos.

4. Surish kerak bo'lmagan mahsulot faqat bitta vaziyatda ya'ni o'sayotgan trendga tushgan taqdirdagina sodir bo'ladi. Shundagina mahsulot sizning harakatingiz bilan emas, balki tredning kuchi bilan o'sadi. Siz shunchaki to'g'ri to'lqinga tushib olgan syorfingchi kabi harakat qilasiz.

5. Shuning uchun founderning asosiy vazifasi mahsulotga yangi funksiyalar qo‘shish emas, balki uning pozitsiyasini o‘zgartirib bo‘lsa ham, o‘sha o‘sayotgan trendga tushib olishdir.

6. Boshqacha qilib aytganda, founder Product-Market Fit emas, balki Product-Trend Fit qidirishi kerak.

7. Eng qizig'i, siz founder sifatida bitta trend ichiga bir-biridan butunlay farq qiladigan turli mahsulotlar bilan kirishingiz mumkin. Siz mahsulotingizni pivot qilsangiz ham tanlagan trendingiz doirasida qolishingiz mumkin.

8. Startap strategiyasi bu o'sayotganiga ishonadigan trendni aniqlab, unga tushib olish. Uning ichida qanday mahsulot qurish esa shunchaki taktika.

9. O'zingizga eng muhim savolni bering: "Men mahsulotim bilan aynan qaysi o'sayotgan trendga tushib olmoqchiman?" To'g'ri trendni topsangiz, bozorning o'zi sizni yuqoriga olib chiqadi.

10. Oqimga qarshi suzmang, oqimning kuchidan foydalaning.

@ayakubofff
  • 👏 12
  • ❤ 9
  • ⚡ 8
  • 👍 6
  • 🗿 2
  • 👾 1
More from @ayakubofff
  1. Oct 14, 2026Ulushni teng ikkiga boʻlish eng oson qaror, lekin eng koʻp startap aynan shu oson qarordan…
  2. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  3. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  4. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  5. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  6. May 29, 2026Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman? Oxirgi bir yil ichida d…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →