Nega ko‘p hardware startaplar prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tolmaydi?
1. Hardware yo'nalishidagi startaplarda juda xavfli illuziya bor: birinchi ishlaydigan namuna (prototip) tayyor bo‘lishi bilan hamma qiyinchilik ortda qoldi deb o‘ylashadi. Aslida esa haqiqiy "o‘lim vodiysi" aynan shu nuqtadan boshlanadi.
2. Startap olamida "Hardware is hard" degan ibora bejizga paydo bo‘lmagan. Agar siz dasturiy mahsulotda (SaaS) xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uni bir necha daqiqada kod orqali to‘g‘rilashingiz mumkin. Hardwareda esa, bu minglab yaroqsiz qurilmalar va millionlab dollar zarar degani.
3. Prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tish jarayonini investorlar ko‘pincha "Manufacturing Hell" (ishlab chiqarish do‘zaxi) deb atashadi. Bu jarayonda siz endi faqat muhandis emas, balki logist, muzokarachi va ta'minot zanjiri menejeri bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
4. Hardware startaplarida eng katta dushman vaqt hisblanadi. Agar siz mahsulotni ishlab chiqarishga topshirgan bo‘lsangiz-u, bozorda texnologiya o‘zgarib qolsa, sizda "pivot" qilish imkoniyati deyarli bo‘lmaydi. Ombor to‘la sotilmaydigan temir-tersak bilan qolib ketish xavfi har doim bor.
5. Lekin bu qiyinchiliklarning ulkan mukofoti ham bor. Dasturiy mahsulotni nusxalay olish oson, biroq murakkab hardware yechimni ko‘chirish deyarli imkonsiz. Bu sizga bozorda yillar davomida saqlanib qoladigan tabiiy himoya to‘sig‘i bo'lib bera oladi.
6. Deep Tech va hardware startaplar odatda an’anaviy ilovalarga qaraganda yuqori baholanadi. Nega? Chunki sizda shunchaki kod emas, balki real aktivlar, intellektual mulk va murakkab ishlab chiqarish tizimi bor. Investorlar "qiyin" loyihalarni yaxshi ko‘rishadi, chunki raqobatchilar bu to‘siqlardan o‘ta olmay, yo‘lda elanib ketishadi.
7. Investor sifatida hardware loyihaga baho berayotganimizda, jamoada nafaqat "temirni" tushunadigan muhandis, balki mahsulotni ishlab chiqarishga moslab loyihalay oladigan mutaxassis borligiga qaraymiz. Chiroyli dizayn emas, arzon va sifatli yig‘iladigan dizayn g‘olib bo‘ladi.
8. Agar siz hardware yo‘nalishida bo‘lsangiz, prototipingizni ko‘rsatib maqtanmang. Menga o‘sha prototipni qanday qilib arzon narxda va katta miqdorda sotsa bo‘ladigan mahsulotga aylantirishingizni (scalability) tushuntirib bering.
9. Xulosa bitta: Hardware dunyosida g‘oyaning qiymati yanada pastroq. Bu yerda hamma narsani execution va supply chain hal qiladi. Uddalasangiz yengilmas monopoliyaga aylanasiz.
@ayakubofff
Post #672
2.87K
- ❤ 13
- 👏 8
- 👍 7
- ⚡ 6