Bo‘sh vaqtning yangi bozori paydo bo‘lyapti.
1. Financial Timesning chiqargan qiziq faktiga ko’zim tushdi: so‘nggi 3 yil ichida ilk bor odamlar ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkaza boshlagan. Eng katta pasayish esa yoshlar orasida!
2. Bu shunchaki statistik o‘zgarish emas. Bu trend. Chunki barcha ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok)ni ham birinchi bo‘lib yoshlar ishlatgan edi. Keyin ular ulg‘aygach, ijtimoiy tarmoqlar butun dunyoni egallay boshlagan. Hozir esa jarayon teskari ketishni boshlagan.
3. Bu xabar shaxsan menga juda yoqdi. Aynan ijtimoiy tarmoqlar yomon bo'lgani uchun emas balki, odamlar o'zlarining vaqtini qadrlashni boshlayabdi. Buni evaziga esa ularda bo'sh vaqt ko'paymoqda.
4. Eng qizig'i bu ortirilgan vaqtlar albatta qandaydir yangi mahsulotlarga, yangi servisga yoki yangi tajribalarga ketadi.
5. Boshqacha qilib aytganda, birdaniga bo‘sh vaqt bozori paydo bo‘lyapti va bu bozorni hali hech kim egallab ulgurmadi.
6. Endi eng qimmat savol:
odamlar Instagram yoki TikTok'dan tejalgan vaqtni nimaga sarflashni xohlashadi?
7. Kimdir o‘rganishga, kimdir o‘yin-kulgiga, kimdir real hayotdagi tajribaga. Kimdir esa shunchaki foydaliroq, mazmunliroq narsaga sarflyadi.
8. Agar siz startap qurayotgan bo‘lsangiz, mana shu savollarning to'g'ri javobi nafaqat millionlab, balki milliardlab dollar olib kelishi mumkin💰
Post #670
3.47K

- ⚡ 13
- 👍 9
- ❤ 6
- 👨💻 3
- 👏 2