TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #669 2.85K
Startapingiz uchun Co-founderni qanday tanlash kerak?

1. Judayam ko'pchilik startapi uchun ham asoschi tanlayotganda uning boshqa jihatlariga e'tibor qaratadi lekin, eng muhim narsa bu - stressga chidamlilik. Siz va sizning sherigingizda stressga bo'lgan munosabatingiz muhim sanaladi.

2. Hatto u texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, bosim ostida ishlay olmasa yoki og‘ir vaziyatda sherigini qo‘llab-quvvatlamasa, startapdagi qiyinchiliklar sizning munosabatingizni buzishi aniq.

3. YC tajribasiga ko'ra muvaffaqiyatsiz bo'lgan startaplarning aksariyati aynan asoschilar o'rtasidagi munosabatlar buzilishida ekan. Bundan ko'rinib turibdiki, sizning sherigingiz stressga turib bera olishi kerak. Xo‘sh, buni qanday aniqlaysiz?

4. Eng samarali yo'llardan biri bu - u bilan real sharoitda birga ishlab ko'rish. Hech qanday maqsadsiz birgalikda kichik loyihalar qilib ko'ring va shu jarayonda siz albatta quyidagi savollarga javob topasiz:
U bilan ishlash sizga yoqadimi?
Unda haqiqatdan siz bilan ishlashga motivatsiya bormi?
O'zi qilayotgan ishdan rohat olayabdimi?
U yetarlicha o'zi aytganday kuchlimi?


5. Do'stlaringiz yoki sobiq hamkasblaringiz haqida sizda faqat ijobiy fikr bo'lishi mumkin. Sababi ilgari ular bilan siz qulay muhit va stabil oylikda ishlagansiz, do'stlaringiz bilan esa shunchaki birga vaqt o'tkazgansiz, lekin haqiqiy qiyin vaziyatlarga tushmagansiz.

6. Co-founderingizning bugungi skill’lariga haddan tashqari ishonib qolmang. Bo‘lajak sherigingiz hozir qaysi dasturlash tilini bilishi yoki faqat iPhone ilovalari qilgan bo‘lishi eng muhim narsa emas.

7. Siz co-founderingizning boshqa skillariga e'tibor qarating:
u aqllimi?
yangi narsalarni tez o‘rganishga tayyormi?
startap o‘sishi va o‘zgarishi bilan birga moslasha oladimi?


8. Texnologiyalar o‘zgaradi, bozor o‘zgaradi, startap ham o‘zgarishga majbur. Agar co-founder o‘rganishga va moslashishga tayyor bo‘lsa qolganini o‘rganib oladi.

@ayakubofff
  • ⚡ 13
  • ❤ 6
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 👨‍💻 2
More from @ayakubofff
  1. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  2. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  3. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  4. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  5. May 29, 2026Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman? Oxirgi bir yil ichida d…
  6. May 20, 2026O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik. Yaqinda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →