TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #668 3.15K
G‘oya meniki edi, demak ulush ham meniki.

1. Startaplarda juda tanish obraz bor — idea guy.
U g‘oya bilan keladi. Ko‘p gapiradi. Katta tasavvurlari bor. Lekin kundalik ishlar boshlanganda ko‘rinmay qoladi. Aynan shu yondashuv ko‘plab jamoalarni boshidan barbod qiladi.

2. Y Combinator har yarim yilda taxminan 30 000 ta ariza ko‘rib chiqadi. Bu degani — ular deyarli barcha mumkin bo‘lgan g‘oyalarni allaqachon ko‘rgan va shuning uchun ular bir narsani juda yaxshi tushunadi: g‘oya qiymati 1 cent'ga teng.

3. Muammo shundaki, idea guy startapni tasavvur sifatida sevadi. Ammo startap bu tasavvur emas.
Bu rad javoblari, noaniqlik, kechikkan qarorlar va juda ko‘p noqulayliklardan iborat.

4. G‘oya muallifi startapda muhim bo‘lishi uchun u startap ichida bo'lishi, ma'suliyat olishi, stress ko'tarishi va har kuni startapi bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Ulush esa sarflangan vaqt uchun, qilgan tavakkali uchun, kechalari uxlamagan tunlari uchun, mijoz yo‘q paytdagi umidsizliklari uchun va eng asosiysi realizatsiya uchun beriladi.

5. Agar kimdir faqat: “Men g‘oya berdim”, “Men konsept o‘ylab topdim”, “Men bo‘lmaganimda bu startap bo‘lmasdi” deyish bilan cheklansa u co-founder emas!

6. Agar startap haqiqatan uchsa uni g‘oya emas, odamlar uchiradi. Agar yiqilsa ham odamlar sabab muvaffaqiyatsizlikka yo'l tutadi.

7. Shuning uchun startapga eng to‘g‘ri savol bu:
"G'oya kimniki?" emas balki, “Kim nima vazifalar bajaryabdi?”

@ayakubofff
  • 👍 16
  • ⚡ 6
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 😨 2
More from @ayakubofff
  1. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  2. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  3. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  4. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  5. May 29, 2026Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman? Oxirgi bir yil ichida d…
  6. May 20, 2026O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik. Yaqinda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →