TGViewer
Venchur kundaligi Venchur kundaligi @ayakubofff · 2.19K subscribers
Post #667 2.56K
Urushda nima bo‘layotganini
bilish uchun
, unda qatnashish kerak - Napoleon

1. Linkedinda erta bosqichdagi startaplarga investitsiya qiladigan bir biznes angelning yozgan posti meni o’ziga tortdi: Endi startap boshlayotgan asoschilarni mahsulotini ishga tushirishdan oldin emas, balki bir necha oy o‘tgach baholarkan. Gap metrikalar yoki o‘sish grafiklarida emas.

2. Chunki mvp ishga tushirlgandan bir qancha muddat o’tgandan so’ng, mahsulot holati hali ham juda yomon bo‘lishi mumkin. Odatda shunday ham bo‘ladi. Asl savol boshqa: asoschi buni qanchalik tez tushunadi va nima qiladi?

3. Xulosa chiqaradimi?
Nimani va nega o‘zgartiradi? Yo‘nalishni almashtiradimi yoki auditoriyani boshqasiga o’zgartiradimi? Bularning barchasi qanchalik tez sodir bo‘ladi?

4. Qizig‘i shundaki, agar birinchi versiya kutilmaganda uchib ketsa ham — savollar o‘sha-o‘shalicha qoladi. Chunki agar startap shu joyda rivojlanishni to‘xtatsa, uni juda tez nusxalari va raqobatchilari bosib ketadi.

5. Lekin bunday tahlillarni faqat investor zimmasiga yuklash noto‘g‘ri. Asoschi o‘zi ham o‘zini baholay olishi kerak. Hatto investorlarning o‘zidan ham yaxshiroq.

6. O‘zingizga real baho berishni xohlaysizmi? Unda bor narsani tezroq ishga tushiring va keyin nima bo’layotganini va nima qilayotganingizni o‘zingiz kuzating.

7. MVP ishga tushguncha baribir siz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmaysiz. Barcha teshiklarni oldindan berkitib bo‘lmaydi. Shunaqa ekan, nima uchun cho‘zib yuribsiz?

8. Umuman olganda, to‘g‘ri asoschi — muvaffaqiyatli mahsulotni ishga tushira oladigan emas balki muvaffaqiyatsiz mahsulotni to‘g‘rilay oladigan inson 🚀

@ayakubofff
  • ❤ 14
  • ⚡ 4
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🦄 4
  • 🤯 1
  • 🌚 1
  • 👨‍💻 1
More from @ayakubofff
  1. Oct 12, 2026Investorga oylik hisobot yozayotganda koʻp asoschilar yangiliklarni yozadi, raqamni esa ox…
  2. Oct 10, 2026Haftasiga bir necha marta yangi jamoalar bilan uchrashaman. Birinchi savolim har doim bir…
  3. Jul 23, 2026🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi? The Tech’ni…
  4. Jul 13, 2026❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz…
  5. May 29, 2026Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman? Oxirgi bir yil ichida d…
  6. May 20, 2026O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik. Yaqinda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →