Aisha endi - VoiceLab.
Insonlar orasidagi tabiiy so'zlashuv bu ovoz orqali gapirish, suhbatlashish bo'lgan. Odamlar bir-biri bilan gaplashgan, suhbat qilgan, muammolarini yechgan.
Biz ham aynan shu g'oya asosida
Voicelab'ni quryabmiz. Odamlar AI bilan o'z ona tilisida gaplashishi, yozishishi va muammolariga yechim topa olishi kerak va biz bu muammoni hal qilish uchun AI Research Lab ustida ishlayabmiz.
Biz O'zbek tilini tushunadigan va gaplashadigan AI ustida tadqiqotlarni davom ettiramiz va yangiliklarni ulashib boramiz. Ayni vaqtda, VoiceLab 10 dan ortiq xalqaro va Osiyo tillarini qo'llab-quvvatlaydi.
Biz dasturchilar va content creator'lar uchun ovozli texnologiyalar platformasi, studio hamda Agent'larni ishga tushuryabmiz. Biz haqiqiy studio imkoniyatini taqdim etmoqchimiz.
Aisha - VoiceLab tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt mahsulotimizning nomi. Shuning uchun bundan keyin mahsulotlarimiz va loyihalarimizda
“Aisha powered by VoiceLab” yozuvini ko‘rishingiz mumkin.
VoiceLab orqali ovoz bilan ishlashning deyarli barcha imkoniyatlarini bir joyga jamlayapmiz:
• nutqni matnga o‘girish,
• matndan tabiiy ovoz yaratish,
• uchrashuv va qo‘ng‘iroqlarni tahlil qilish,
• video va kontentlarni dublyaj qilish,
• audiokitoblar yaratish,
hamda
VoiceLab Agents orqali kompaniyangiz uchun AI ovozli agentlar yaratish.
VoiceLab Agents’da o‘z telefon raqamingizni ulab, mijozlar bilan gaplashadigan, savollarga javob beradigan va biznes jarayonlarida ishtirok etadigan sun’iy intellekt agentini ishga tushirishingiz mumkin.
Sinab ko'ring: voicelab.uzP.S. Aisha brendi hali ham bizga tegishli.
Stay tuned!