Og'ir kechdi va kechyabdi...
Runway tugadi. Google'dagi creditlar ham oxiriga yetdi, aniqrog'i expire bo'ldi. Ba'zi mijozlar ketdi, ha ketishdi, ba'zilari ranjishdi. Yaqin business partner'lar bilan ham communication o'rtada uzildi, noto'g'ri tushunishlar bo'ldi. Bularning barchasi birinma-ketin keldi. "Tashlab ketsammi" degan fikr bir necha marta keldi, buni birinchi marta ommaga aytayapman.
O'sha payt jamoaga aytmadim, o'zimda saqladim. Ichimda ko'p narsa aylanardi, nima qilish kerak, qayerdan boshlash kerak, kimga fokus qilish kerak. Lekin jamoa o'zlari sezdi. Gaplashdik. Ochiq gaplashdik. Shu gaplashuvlar ko'p narsa berdi.
Qaytarib olib qolgan narsa, bu nima bilasizmi? Missiya, jamoa, produkt, oila ishonchi, what's next degan savol.
Katta B2B klientlar bilan ishlashga harakat qilyabmiz. Tez orada, kichik update'larni ulashishni boshlaymiz. Ular bilan gaplashdik, urinib ko'rdik. Qiyin, juda ham qiyin, jarayon sekin, qaror qabul qilish uzoq, hamma narsa murakkab. Lekin produktimiz shu orada yetildi. Bir yil oldingi Aisha bilan hozirgi AIsha bir xil emas.
Microsoft'dan $350k grant oldik. Bu compute qismimizni ancha yopib beradi.
AI agentlar ham ichkarida ko'p ishni yengillashtiryapti. Ilgari soatlab ketadigan narsalar endi daqiqalarda bo'lyapti.
Yo'l uzoq. Ranjigan odamlar bor, uzilgan munosabatlar bor, hali ko'p narsa yechilmagan. Bularni bilaman. Lekin to'xtab bo'lmaydi.
Davom etamiz.
Ha aytgancha, cracked engineer'larni jamoaga taklif qilyabmiz: elzodxon@aisha.group ( Pul bor)
@elzodxon
Post #2567
2.38K