Yangi ofis - yangi marralar.
O‘tgan yil davomida jamoamiz bilan o‘zim tahsil olayotgan Amerika texnologiyalar universitetining 6-qavatidagi ofisda faoliyat olib bordik. Bu 12 oy Aishaning rivojlanishi, xizmatlarimizning takomillashuvi va jamoamizning o‘sishi uchun muhim davr bo‘ldi.
Bizga bildirilgan ishonch, yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilgan beminnat yordam uchun Amirulla Abdullaev hamda Said Irandoustga samimiy minnatdorlik bildiraman. Bunday imkoniyat har kimga ham nasib etavermaydi. Jamoamizning bunga munosib deb topilgani biz uchun katta mas’uliyat va motivatsiya manbai bo‘ldi.
Endilikda Aisha jamoasining yangi ofisi Minor metrosi hududida joylashgan. Ishonamanki, bu maskan ham yangi g‘oyalar, katta natijalar va yanada jadal rivojlanish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Davom etamiz.
Post #2568
1.47K
