TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67353 1.69K

Forwarded from Edu.uz

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 4
More from @adu_uz
  1. Oct 16, 2026⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ 👩 G‘oyadan — innovatsiyaga, tashabbusdan — katta imkoniyatlarga: Andijon davla…
  2. Oct 16, 2026📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🧑…
  3. Oct 16, 2026📸📸📸 📺📺 🟢Andijon davlat universitetida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bil…
  4. Oct 16, 2026🗓🗓🗓🗓🗓🗓 📅Bugun 16-oktyabr, juma. 🌏Xalqaro non kuni. 🌏Butunjahon allergik kasallikl…
  5. Oct 15, 2026🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟 🅰 Yoshlar xavfsizligi — ustuvor vazifa Bugun, 15-oktyabr kuni Andijon davl…
  6. Oct 15, 2026🇧🇾🇺🇿Укрепление межрегиональных связей. Делегация Андижанской области Республики Узбеки…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →