TGViewer
ADU.UZ | Rasmiy kanal ADU.UZ | Rasmiy kanal @adu_uz · 16.5K subscribers
Post #67356 2.77K
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

👩 G‘oyadan — innovatsiyaga, tashabbusdan — katta imkoniyatlarga: Andijon davlat universitetida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanloviga start berildi

Tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari tomonidan ilgari surilgan yangi mahsulot va xizmatlar yaratish, mavjud muammolarga innovatsion yechim topish hamda startap loyihalarni ishlab chiqish yoki takomillashtirishga qaratilgan kreativ g‘oyalar qabul qilinadi. G‘oyalar amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, hayotda qo‘llash imkoniyati va jamiyatga foyda keltirishi bilan ajralib turishi lozim.

Tanlovning universitet bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jami 3 nafar eng yaxshi kreativ g‘oya mualliflari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

📝 Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan startap g‘oyalar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:


🥇1-o‘rin uchun (100 000 000 so‘m);
🥈2-o‘rin uchun  (50 000 000 so‘m);
🥉3-o‘rin uchun(25 000 000 so‘m).

📅Sana: 2026-yil 22-oktyabr
⏰Vaqt: soat 10:00
📍Manzil: Andijon davlat universiteti, yangi bino, 1-qavat, faollar zali.

📑 Tanlov to'g'risida batafsil ma'lumot olish uchun
tanlov nizomi  bilan tanishishingiz mumkin.

☎️ Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
+998903819717

⭐ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐ Veb−sayt ⭐ Telegram
⭐ Facebook ⭐ Instagram
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @adu_uz
  1. Oct 16, 2026📸📸📸 📺📺 🟢Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi k…
  2. Oct 16, 2026🏐🏐🏐🏐 ⚽️ Kimyo va biologiya fakultetida futbol bo‘yicha dekan kubogi musobaqasiga start…
  3. Oct 16, 2026Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan…
  4. Oct 16, 2026Post #67377
  5. Oct 16, 2026💬Кульминацией визита стала встреча со студентами из Узбекистана, которые сегодня получают…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →