📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🧑🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.
💪 Olimpiadaning respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Shaxmat
Shashka
Zakovat-xakaton
1️⃣5️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 15 nafargacha ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 3 nafari Zakovat-xakaton uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.
📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani @zakovat_ariza_bot boti orqali 3-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi hamda zakovatklubi.uz saytida o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.
📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.
💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan.
🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.
🗓 Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilish vaqti haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Post #67355
1.94K
Forwarded from Zakovat intellektual klubi
