Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Ushbu nizom bilan musobaqaga quyidagi asosiy o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
1️⃣ Oʻyin formatiga koʻra Shaxsiy oʻyin bilan oʻxshashligi sababli Erudit-kvartet oʻyini Intellektual olimpiada dasturidan chiqarib tashlanmoqda.
2️⃣ Hozirgi zamonaviy dunyoda yoshlarning sun’iy intellekt yechimlaridan to‘g‘ri yo‘nalishda foydalanishlarini ta’minlash va yoshlarning g‘oyalarini jamiyatdagi turli muammolarni hal qilishda rag‘batlantirish yo‘li orqali yuzaga chiqarish maqsadida Intellektual olimpiada dasturiga yangi yoʻnalish - sun’iy intellekt bo‘yicha “Zakovat Xakaton” musobaqasi qo‘shilmoqda.
3️⃣ Yangi bilimdonlarni kashf qilish, oliy ta’lim tashkilotlarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish, talabalar orasida bilim boʻyicha seleksiya ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida musobaqada ishtirok etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha cheklovlar joriy etilmoqda:
- Intellektual olimpiadada oliy ta’lim tashkilotining ayni paytdagi talabasi boʻlmagan, xususan, akademik taʻtilga chiqqan, belgilangan tartibda kursdan kursga oʻtkazilmagan (kursdan qoldirilgan) yoki ta’lim tashkilotidan chetlashtirilgan (oʻqishdan haydalgan) shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
- magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida magistrant sifatida faqat bir marotaba ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, ularning qayta ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;
- Bakalavriat bosqichi talabalari uchun ishtirok etish huquqi turli yillarda oʻtkaziladigan Intellektual olimpiada musobaqalarida har bir oʻquv kursi kesimida bir marotaba bilan cheklanadi. Bunda talaba keyingi kursga oʻtgan taqdirda, navbatdagi kurs doirasida yana bir bor ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi;
Yuqorida nazarda tutilgan ishtirok etish cheklovlari avvalgi yillarda tashkil etilgan Intellektual olimpiadalar doirasida talabalarning ishtirok etganlik holatlari inobatga olingan holda qoʻllaniladi. Ishtirokchilar hisobini yuritish, ularning avvalgi yillardagi ishtirokini aniqlash hamda takroriy qatnashish holatlari oldini olish maqsadida Tashkiliy guruh tomonidan yagona maʻlumotlar reyestri shakllantiriladi. Mazkur reyestr hududiy saralash bosqichidan boshlab yuritiladi hamda keyingi bosqichda ishtirokchilarni tasdiqlashda asosiy axborot manbai sifatida foydalaniladi.
4️⃣ Yangi tartibda “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy oʻyin” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra aniqlansa, “Shaxmat”, “Shashka” va “Zakovat Xakaton” turnirlarida ishtirok etuvchi oliy taʻlim tashkilotlari har bir oʻyin turi boʻyicha alohida saralash bosqichi orqali aniqlanadi hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha respublika bosqichiga kvotalar kelib tushgan arizalar soniga qarab alohida belgilanadi.
ℹ️ Musobaqani o‘tkazish tartibiga oid boshqa yangiliklar bilan nizomni to‘liq o‘qib chiqib tanishishingiz mumkin.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Post #21153
12.9K
Intellektual olimpiada nizomi.pdf1.4 MB
- 👍 16
- ❤ 11
- ⚡ 7
- 🔥 1
- 🐳 1