TGViewer
Zakovat intellektual klubi Zakovat intellektual klubi @zakovat · 31.5K subscribers
Post #21398 11.5K
📢 V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri uchun ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar diqqatiga!

♟
Turnirda ishtirok etish uchun kelib tushgan so‘rovlarni ko‘rib chiqib, qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Bugun, ya'ni 15-oktabrdan kechikmay yuborilgan barcha so‘rovlar onlayn saralash o‘tkaziladigan sana - 24-oktabrga qadar ko‘rib chiqiladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha ma'lumotlarini to‘g‘ri kiritgan hamda o‘z reytingiga mos guruhni tanlagan ishtirokchilar so‘rovlarining barchasi 24-oktabrga qadar qabul qilinadi.

⏳ Musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi. Shu bilan birga ushbu muddatdan kechikmay, nizom talablariga rioya qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarning so‘rovlari, albatta, qabul qilinadi.

🟢 Hududiy saralash o‘yinida qatnashmoqchi bo‘lgan ishtirokchilar esa o‘z so‘rovlari hali qabul qilinmagan bo‘lsa ham o‘yinga borib ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🖋 Musobaqa va unda ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bu yerda.

❗️Eslatma: “Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
  • ❤ 9
  • 👍 4
More from @zakovat
  1. Oct 16, 2026🗓 Ertaga, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uz…
  2. Oct 16, 2026🇺🇿♟Oʻzbekiston - shaxmat mamlakati! 🖊 Kecha, 15-oktabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat…
  3. Oct 15, 2026💼 Aziza Qurbonova hamda Xushnud Xudoyberdiyev Prezident Administratsiyasida rahbar lavozi…
  4. Oct 15, 2026🗓 Shanba, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uz…
  5. Oct 15, 2026🏆 Bugun Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 4-turi bo‘lib o‘tadi! 🗓 Bugun, 15-oktabr, pay…
  6. Oct 15, 2026🏆🏆 Bugun O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasining 4-turi bo‘lib o‘tadi! 🗓 Bugun, 15…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →