⚡️V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri bo‘lib oʻtadi!
🏆 Oʻzbekiston terma jamoasining 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi gʻalabasidan ilhomlangan yurtdoshlarimizni an'anaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqamizga taklif etamiz!
♟Unda yurtimizdagi barcha katta-yu kichik shaxmat ishqibozlari qatnashishi va pul mukofotlarini qoʻlga kiritishi mumkin!
💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!
❗️“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi:
1️⃣ Hududiy saralash (19-22-oktabr);
2️⃣ Onlayn saralash (24-oktabr);
3️⃣ Yarim final (28-oktabr);
4️⃣ Final (29-30-oktabr).
🔝 Ishtirokchilar saralash bosqichining faqat bittasida qatnashish orqali ham yarim finalga yo‘llanma olishi mumkin. Hududiy saralashdan o‘ta olmaganlar yoki unda qatnasha olmaganlarga onlayn saralashda qatnashib, yarim finalga chiqish imkoniyati beriladi.
✅ Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 15-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
📃 “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
📍 Hududiy saralash o‘yinlari o‘tkazilish vaqti va manzillari haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi.
👑 Shaxmatimizda yangi chempionlarni kashf etish vaqti keldi. Keyingi gʻolib aynan Siz boʻlishingiz mumkin!
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Post #21313
24.9K

- ❤ 23
- 👍 11
- 🔥 6
- 🕊 2
- 🥰 1