TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13.1K subscribers
Post #57123 2.17K
🟧🟧🟧🟧🟧

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “SUVDAGI SEHRLI BO‘YOQ” RASMLAR KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI


Andijon davlat pedagogika institutida Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining “Suvdagi sehrli bo‘yoq” nomli rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma yosh ijodkorlarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy salohiyati va badiiy mahoratini namoyon etish, shuningdek, yoshlar orasida san’atga mehr va estetik didni rivojlantirishga qaratildi.

Ko‘rgazmada Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi raisi Rasuljon Xo‘jamberdiyevich Ismanov hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori Anorboy Boybekov ishtirok etdilar. Taqdim etilgan ijodiy ishlar orqali o‘quvchilarning tasviriy san’at yo‘nalishidagi izlanishlari, ranglar uyg‘unligidan foydalanish mahorati va o‘ziga xos badiiy qarashlari namoyon bo‘ldi.

Mazkur ko‘rgazma yoshlarning ijodiy qobiliyatini keng namoyish etish bilan birga, ularning san’atga oid tajribasini boyitish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir yakunida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori Anorboy Boybekov tomonidan Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulovga ta’lim sohasidagi faoliyati uchun “Fidoiy o‘qituvchi” esdalik nishoni topshirildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 2
More from @adpiuz
  1. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  2. Oct 12, 2026🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi 🏛Oliy ta’lim, fan va in…
  3. Oct 12, 2026🟦🟦🟦🟦 KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Andijon davlat pedagogika inst…
  4. Oct 12, 2026🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 ADPI VAKILLARI BELARUSDA AKADEMIK MOBILLIK VA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA…
  5. Oct 12, 2026ADPI VAKILLARI BELARUSDA AKADEMIK MOBILLIK VA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA Andijon davlat p…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →