🟦🟦🟦🟦
KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Andijon davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga xizmat qiluvchi tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tyutorlarning tyutor.hemis.uz platformasidagi faoliyati, unda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan fikr almashildi. Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish, talabalar bilan tizimli ishlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57159
2.05K









- ❤ 4
- 👍 1