TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57178 1.51K

Forwarded from Yoshlar.edu.uz

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.

✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:

➡️1) fakultetlararo bosqich;
➡️2) hududiy bosqich;
➡️3) yarim final bosqichi;
➡️4) final bosqichi.

☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi.
☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – 50 million so‘m;
🥈2-o‘rin – 30 million so‘m;
🥉3-o‘rin – 20 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

⏺Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi oktabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @adpiuz
  1. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  2. Oct 12, 2026🟦🟦🟦🟦 KUN TARTIBIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Andijon davlat pedagogika inst…
  3. Oct 12, 2026🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 ADPI VAKILLARI BELARUSDA AKADEMIK MOBILLIK VA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA…
  4. Oct 12, 2026ADPI VAKILLARI BELARUSDA AKADEMIK MOBILLIK VA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA Andijon davlat p…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →