ADPI VAKILLARI BELARUSDA AKADEMIK MOBILLIK VA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA
Andijon davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday sa’y-harakatlarning davomi sifatida Andijon davlat pedagogika instituti vakillari bugungi kunda akademik mobillik dasturi doirasida Belarus Respublikasida bo‘lib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
Mazkur tashrif doirasida institut vakillari Vitebsk davlat universitetining birinchi prorektori Andrey Pavlovich Meovich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon davlat pedagogika institutining Belarus Respublikasidagi akademik mobillik doirasidagi tashrifi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda institutning xalqaro miqyosdagi faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57149
1.85K









- ❤ 4
- 🔥 2
- 👏 2