TGViewer
Channel Public Channel
Adpi.uz | Rasmiy kanal

Adpi.uz | Rasmiy kanal

@adpiuz

✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpirektoribot
Subscribers
13.1K
Photos
51.2K
Videos
2.8K
Links
16.5K
Recent Posts 11 shown
Post #57071 383

Forwarded from Edu.uz

✨ O‘zbek tili va adabiyoti ustozlarini “E Voh” olimpiadasiga chorlaymiz!

🎉 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami hamda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “E Voh” respublika o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasiga start berildi!

✅ Tashkilotchilar:
• UzReport axborot agentligi
• Xalqaro Nordik universiteti

🔗 Hamkorlar:
• O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi
• Fan olimpiadalari markazi
• Bolalar Ombudsmani

🇺🇿 Respublikadagi umumtaʼlim maktab (davlat va xususiy), litsey, texnikumlarning o‘zbek tili va adabiyoti fani muallimlari.

✅ 2 bosqich:

✓  1-bosqich — onlayn: telegram bot orqali test
✓ 2-bosqich — offlayn: insho va test — ijodiy bellashuv!

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish: 14-oktyabr, 24:00 gacha.

😎 @tasimo_login_bot
🌐 https://account.tasimo.uz/login

🕚 1-bosqich: 15-oktyabr, 19:00.

Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Aziz ustozlar! Bellashing va o‘zingizni namoyon eting!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
Post #57068 1.66K

Forwarded from O’zbekiston voleybol federatsiyasi | Rasmiy kanal

🌟O‘ZBEKISTON KUBOGI | AYOLLAR O‘RTASIDA

Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi musobaqasida navbatdagi uchrashuv yakunlandi.

📊 ADPI 3:0 Afrosiyob

ADPI jamoasi uchrashuv davomida ishonchli o‘yin namoyish etib, Afrosiyob jamoasini uch setda mag‘lub etdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi

🏆 O‘zbekiston Kubogi bahslari davom etmoqda!

😎O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Sizlar uchun eng qaynoq yangiliklarni havola qilib boramiz

🌐Sayt 😎 Instagram ▶️ YouTube
😎 Telegram 😎 Facebook
  • ❤ 8
  • 🔥 3
  • 🕊 2
  • ⚡ 1
  • 🥰 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
  • 👨‍💻 1
Post #57063 2.24K
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩

“QIZLAR FEST” — JASORAT, BILIM VA IMKONIYATLAR MAYDONI


Andijon viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida “Qizlar FEST” loyihasi doirasida harbiy sohaga qiziqadigan qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbir tashkil etildi. Unda Andijon davlat pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari, harbiy kasbni egallash uchun qo‘yiladigan talablar hamda ushbu sohada yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jasorat va qat’iyat kabi fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Festivalda Andijon davlat pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarining faol ishtiroki yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni turli sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etishga rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur loyiha Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Bolalar tashkilotining Andijon viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etildi.

“Qizlar FEST” loyihasi yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, qizlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi kasb tanlovida ularning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 8
Post #57062 1.94K
🌍 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI — UI GREENMETRIC 2026 XALQARO REYTINGIDA!

🌱 Andijon davlat pedagogika instituti dunyo universitetlarining ekologik barqarorlik va yashil rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyatini baholovchi nufuzli UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida qayd etildi.


Reytingning 2026-yilgi natijalariga ko‘ra, institut 4040 ball jamg‘arib, jahon miqyosida 1481-o‘rinni egalladi.

📊 Institutning 6 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha natijalari:
🏛 Infratuzilma (SI) — 315 ball
☀️ Energiya va iqlim o‘zgarishi (EC) — 800 ball
♻️ Chiqindilarni boshqarish (WS) — 625 ball
💧 Suv resurslaridan foydalanish (WR) — 500 ball
🚌 Ekologik transport (TR) — 700 ball
🎓 Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar (ED) — 550 ball


🌿 UI GreenMetric xalqaro reytingi oliy ta’lim muassasalarining ekologik infratuzilmasi, energiya samaradorligi, suv va chiqindilarni boshqarish, barqaror transport tizimi hamda ekologik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi faoliyatini baholaydi.

Mazkur natija Andijon davlat pedagogika institutining xalqaro reytinglardagi ishtirokini kengaytirish, ekologik barqarorlik tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va “Yashil universitet” konsepsiyasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


🔗 Rasmiy manba: https://uigreenmetric.com/university/adpi.uz

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • ⚡ 1
Post #57061 2.26K
🌍 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI — XALQARO THE IMPACT RANKINGS 2026 REYTINGIDA!

🏆 Andijon davlat pedagogika instituti nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reytingining 2026-yilgi natijalarida munosib ishtirok etdi.


Dunyo oliy ta’lim muassasalarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shayotgan hissasini baholovchi THE Sustainability Impact Ratings 2026 reytingida institut 17 ta maqsaddan 15 tasi bo‘yicha 1000-o‘ringacha bo‘lgan reyting oralig‘iga kiruvchi yoki 1000-o‘rin chegarasidan boshlanuvchi ochiq natijalarni qayd etdi.

📊 Institutning eng yuqori natijalari:
🥇 401–600-o‘rin:
Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish (BRM 8)
Quruqlikdagi hayot (BRM 15)

🏅 601–800-o‘rin:
Sifatli ta’lim (BRM 4)
Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma (BRM 9)
Tengsizliklarni qisqartirish (BRM 10)
Barqaror shaharlar va hamjamiyatlar (BRM 11)
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash (BRM 13)

Shuningdek, institut gender tengligi yo‘nalishida 801–1000-o‘rinni egalladi. Qolgan bir qator yo‘nalishlarda ham xalqaro reyting natijalari qayd etildi.


🌐 Mazkur natijalar institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyatning xalqaro miqyosda baholanayotganini ko‘rsatadi.

🔗 THE rasmiy reyting natijalari

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #57060 2.22K
🟥🟥🟥🟥🟥

Bugun, 10-oktabr 2026-yil, shanba

📆 Bugun:

🇺🇳 BMT - Butunjahon ruhiy salomatlik kuni (World Mental Health Day).
🌏 Xalqaro o'lim jazosiga qarshi kurash kuni.
🇫🇮 Finlyandiya - Aleksis Kivi kuni (Fin adabiyoti kuni).
🇰🇵 Shimoliy Koreya - Koreya Mehnat partiyasi tashkil topgan kun.
🇹🇯 Tojikiston - Qishloq xo'jaligi va agrotexnik xodimlar kuni.

⏳ Tarixiy voqealar:

⚔️️ 732 - Puatye jangi: Karl Martell boshchiligidagi franklar arab-musulmon qo'shinlarini mag'lub etib, Yevropaga arablarning siljishini to'xtatdi.
📜 1911 - Xitoyda Sinxay inqilobi boshlandi, natijada Sin imperiyasi ag'darilib, respublika o'rnatildi.
🏛 1970 - Fiji Buyuk Britaniyaning ko'p yillik mustamlakasidan chiqib, mustaqillikka erishdi.
🎨 1997 - O'zbekistonda Tasviriy va amaliy san'atni rivojlantirish hamda rassomlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi.
💻 2010 - Niderlandiya Antil orollari muxtoriyati tugatilib, uning tarkibidagi orollar yangi maqomlarga ega bo'ldilar.

🎉 Bugun tugʻilganlar:

⚛️ 1731 - Genri Kavendish (1810) - ingliz fizigi va kimyogari, vodorod gazini alohida element sifatida kashf etgan olim.
🎼 1813 - Juzeppe Verdi (1901) - afsonaviy italiyalik opera kompozitori ("Aida", "Rigoletto", "Traviata").
✍️ 1861 - Fritjof Nansen (1930) - norvegiyalik qutb tadqiqotchisi, jamoat arbobi va Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati.
🎬 1930 - Garold Pinter (2008) - ingliz dramaturgi, Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (2005).
⚽️ 1966 - Toni Adams - Angliya terma jamoasi va "Arsenal" klubining afsonaviy himoyachisi.
💻 1984 - Pavel Durov - rossiyalik tadbirkor va dasturchi, "VKontakte" hamda "Telegram" ijtimoiy tarmoqlari asoschisi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 3
Post #57056 1.7K

Forwarded from O’zbekiston voleybol federatsiyasi | Rasmiy kanal

🏐O‘ZBEKISTON KUBOGI | AYOLLAR O‘RTASIDA KUNLIK NATIJALAR

Bugun, 8 oktabr kuni, O‘zbekiston Kubogi doirasida ayollar o‘rtasida **Mirzo Ulug‘bek 1-sonli sport maktabi (Yunusobod)**da navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

🔥 Uchrashuvlar natijalari:

🔹 Surxondaryo viloyati 2:3 GulDU
🔹 Jizzax viloyati 0:3 BuxDU vk
🔹 Navoiy viloyati 0:3 ADPI
🔹 ChDPU 0:3 QQR
🔹 Road Patrul vk 0:3 NamDU

💥 Kun davomida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz bahslar kechdi

🏆 O‘zbekiston Kubogi bahslari davom etmoqda! 🇺🇿🏐

😎O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Sizlar uchun eng qaynoq yangiliklarni havola qilib boramiz

🌐Sayt 😎 Instagram ▶️ YouTube
😎 Telegram 😎 Facebook
  • ❤ 4
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • 🏆 1
Post #57055 2.05K
🟥🟥🟥

Tashabbuskor talaba qizlar forumi


Andijon davlat pedagogika institutida “Qizlar qizlarga qanot!” shiori ostida “Qizlar Fest - 2026” talaba-qizlar tashabbuslari forumi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda talaba qizlar, ularning faolligini oshirish, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.


Batafsil: https://uza.uz/posts/919403

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
UZA.uz Tashabbuskor talaba qizlar forumi Andijon davlat pedagogika institutida “Qizlar qizlarga qanot!” shiori ostida “Qizlar Fest - 2026” talaba-qizlar tashabbuslari forumi bo‘lib o‘tdi.
  • ❤ 1
Post #57054 1.81K
🟥🟥🟥

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi


Andijon davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan 7 ta ustuvor yo‘nalish - milliy dasturning mazmun-mohiyati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/919133

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
UZA.uz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi Andijon davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali m
  • 👍 1
Post #57053 1.65K
🟥🟥🟥

Mamlakat taraqqiyoti bilimli, salohiyatli yoshlar qo‘lida


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida kelgusi o‘n yillikni – Milliy yuksalish davri bo‘lishini ta’kidlab, milliy yuksalish davrida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yettita muhim dasturni belgilab berdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/917222

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
UZA.uz Mamlakat taraqqiyoti bilimli, salohiyatli yoshlar qo‘lida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida kelgusi o‘n yillikni – Milliy yuksalish davri bo‘lishini
  • ❤ 1
Post #57046 1.89K
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bag‘ishlangan konsert dasturi

Talabalar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va maroqli tashkil etish, ularning kayfiyatini ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida Eco Park hududida ko‘tarinki ruhdagi kechki konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar uchun musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashildi. Zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin ijrolar va yoshlarning faol ishtiroki tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Kech davomida talabalar do‘stlari bilan birgalikda mazmunli hordiq chiqarib, yorqin taassurotlarga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va talaba-yoshlar o‘rtasida ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • 😁 3
  • ❤ 2
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @adpiuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Adpi.uz | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Adpi.uz | Rasmiy kanal have?
Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) has 13.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Adpi.uz | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →