TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13.1K subscribers
Post #57061 2.36K
🌍 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI — XALQARO THE IMPACT RANKINGS 2026 REYTINGIDA!

🏆 Andijon davlat pedagogika instituti nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reytingining 2026-yilgi natijalarida munosib ishtirok etdi.


Dunyo oliy ta’lim muassasalarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shayotgan hissasini baholovchi THE Sustainability Impact Ratings 2026 reytingida institut 17 ta maqsaddan 15 tasi bo‘yicha 1000-o‘ringacha bo‘lgan reyting oralig‘iga kiruvchi yoki 1000-o‘rin chegarasidan boshlanuvchi ochiq natijalarni qayd etdi.

📊 Institutning eng yuqori natijalari:
🥇 401–600-o‘rin:
Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish (BRM 8)
Quruqlikdagi hayot (BRM 15)

🏅 601–800-o‘rin:
Sifatli ta’lim (BRM 4)
Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma (BRM 9)
Tengsizliklarni qisqartirish (BRM 10)
Barqaror shaharlar va hamjamiyatlar (BRM 11)
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash (BRM 13)

Shuningdek, institut gender tengligi yo‘nalishida 801–1000-o‘rinni egalladi. Qolgan bir qator yo‘nalishlarda ham xalqaro reyting natijalari qayd etildi.


🌐 Mazkur natijalar institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyatning xalqaro miqyosda baholanayotganini ko‘rsatadi.

🔗 THE rasmiy reyting natijalari

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
  • ❤ 3
  • 👍 2
More from @adpiuz
  1. Oct 11, 2026🔴LIVE | Andijonda “Harbiy yugur, talaba yugur” marafoniga start berilmoqda! Ayni vaqtda A…
  2. Oct 11, 2026🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun, 11-oktabr 2026-yil, yakshanba 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro qizlar kuni (…
  3. Oct 10, 2026✨ O‘zbek tili va adabiyoti ustozlarini “E Voh” olimpiadasiga chorlaymiz! 🎉 21-oktyabr — O…
  4. Oct 10, 2026🌟O‘ZBEKISTON KUBOGI | AYOLLAR O‘RTASIDA Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘yic…
  5. Oct 10, 2026🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 “QIZLAR FEST” — JASORAT, BILIM VA IMKONIYATLAR MAYDONI Andijon viloyati Mil…
  6. Oct 10, 2026🌍 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI — UI GREENMETRIC 2026 XALQARO REYTINGIDA! 🌱 Andijo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →