🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩
“QIZLAR FEST” — JASORAT, BILIM VA IMKONIYATLAR MAYDONI
Andijon viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida “Qizlar FEST” loyihasi doirasida harbiy sohaga qiziqadigan qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbir tashkil etildi. Unda Andijon davlat pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari, harbiy kasbni egallash uchun qo‘yiladigan talablar hamda ushbu sohada yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jasorat va qat’iyat kabi fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Festivalda Andijon davlat pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarining faol ishtiroki yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni turli sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etishga rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur loyiha Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Bolalar tashkilotining Andijon viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etildi.
“Qizlar FEST” loyihasi yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, qizlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi kasb tanlovida ularning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Post #57063
2.27K





- ❤ 8