🟦🟦🟦🟦🟦
Andijon davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri, shoir Rashid Xo‘jamov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimi O‘zbektosh Qilichev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Anvar Botir, shuningdek, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Parpiyev, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan M. Parpiyev yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini boyitish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish va ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirishda adabiyot hamda san’at vakillari bilan o‘tkaziladigan bevosita muloqotlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javoblar shaklida tashkil etilib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ijodkorlarga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xususan, suhbat davomida adabiyot va she’riyatning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, jurnalistika va teatr san’atining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasi, ijodiy izlanishlar, milliy qadriyatlar hamda zamonaviy axborot makonida yoshlarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzular muhokama qilindi.
Taniqli ijodkorlar o‘zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari, ijodiy faoliyatidagi muhim jarayonlar, erishgan yutuqlari hamda ijodkor shaxs oldida turgan mas’uliyat haqida fikr yuritdilar. Shuningdek, yoshlarni muntazam kitob mutolaa qilishga, o‘z ustida izlanishga, iste’dod va imkoniyatlaridan samarali foydalanishga undadilar.
Muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarining ijodiy ishlari, adabiyot va san’atga oid qarashlari hamda kelgusidagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashib, soha vakillaridan tegishli tavsiya va maslahatlar oldilar.
Tadbir doirasida kitobxonlikni targ‘ib etish va talabalarning ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilariga kitoblar hadya etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samimiy ruhda o‘tgan mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ijodiy izlanishlarga rag‘batlantirish hamda taniqli ijodkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik muhitini mustahkamlash va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57197
2.73K










- ❤ 4