🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧
ADPI VAKILLARI BELARUSDA: TALABALAR UCHUN IKKI HAFTALIK AKADEMIK AMALIYOT BOSHLANDI
Andijon davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Akademik mobillik dasturi doirasida ayni kunlarda Andijon davlat pedagogika instituti vakillari Belarus Respublikasida bo‘lib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish borasida faoliyat olib bormoqda.
Tashrif doirasida institut vakillari Vitebsk davlat universiteti rektori Valentina Vasilyevna Bogatyryova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar uchun xalqaro ta’lim va amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrifning muhim yo‘nalishlaridan biri — Andijon davlat pedagogika instituti talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliyot jarayonlaridir. Dastur doirasida talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq guruhlarga ajratilib, ikki haftalik amaliyot mashg‘ulotlariga jalb etildi.
Mazkur amaliyot jarayonlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, xorijiy ta’lim muhitini o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqaro akademik mobillik doirasida tashkil etilgan ushbu tashrif Andijon davlat pedagogika institutining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarini mustahkamlash, talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va raqobatbardosh, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
Post #57221
2.21K










- ❤ 10
- ⚡ 3
- 👍 1
- 🎉 1