TGViewer
Adpi.uz | Rasmiy kanal Adpi.uz | Rasmiy kanal @adpiuz · 13K subscribers
Post #57231 2.08K
🟦🟦🟦🟦🟦

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkor va ziyolilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Andijon davlat pedagogika institutida yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri, shoir Rashid Xo‘jamov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimi O‘zbektosh Qilichev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Anvar Botir ishtirok etib, talabalar bilan samimiy muloqot olib bordilar.

Uchrashuv davomida ijodkor va ziyolilar o‘zlarining hayotiy tajribalari, ijodiy faoliyati, adabiyot va jurnalistika sohasidagi izlanishlari, shuningdek, yosh avlodning ma’naviy kamolotida kitobxonlik va mutolaaning o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, yoshlarning mustaqil fikrlashi, o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va ma’rifatga intilishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Samimiy va mazmunli muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mehmonlar bilan fikr almashdilar. Ijodkorlarning hayotiy kuzatuvlari, kasbiy tajribalari va ijod olamiga oid mulohazalari yoshlar uchun muhim ma’naviy saboq bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish hamda adabiyot va ma’rifatga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv talabalar uchun ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hayotiy tajriba orttirish hamda yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @adpiuz
  1. Oct 13, 2026🌟 O‘ZBEKISTON KUBOGI | ERKAKLAR VA AYOLLAR O‘RTASIDA Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha…
  2. Oct 13, 2026🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 ADPI VAKILLARI BELARUSDA: TALABALAR UCHUN IKKI HAFTALIK AKADEMIK AMALIYOT…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →