Istanbuldagi suv toshqinlari: to‘rt kishi halok bo'ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli va uzluksiz yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi.
So‘nggi uch kun ichida qutqaruv xizmatlari 3 057 kishini evakuatsiya qilib, xavfsiz joylarga olib borgan.
Maʼlum qilinishicha, chorshanba kuni shaharda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilgan. Bu shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Payshanba kuni ham ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir davom etgan.
Kuchli yog‘ingarchilik Turkiyaning boshqa hududlariga ham taʼsir ko‘rsatgan. Istanbuldan tashqari Zonguldak, Yalova, Kojaeli, Dyuzdje va Sakariya viloyatlaridagi taʼlim muassasalarida darslar to‘xtatilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73975
99
