TGViewer
Channel Public Channel
ZAMON.UZ | LIVE

ZAMON.UZ | LIVE

@zamonuzb

Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Subscribers
1.25K
Photos
53.2K
Videos
15.8K
Links
63.4K
Recent Posts 11 shown
Post #73893 82
Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan, beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Yangi qonunga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.

Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, jumladan, ta’lim muassasalari xodimlari va yaqin qarindoshlar ham qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

Qonunda bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun belgilangan jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘ymaslik ham nazarda tutilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73892 86
Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan BMW haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, halokatga uchragan.

Haydovchi tezlikni oshirishi natijasida avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina avval ogohlantiruvchi ustunga, keyin beton ustunga va daraxtga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobil ariqqa tushib, ag‘darilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73882 97
Albaniyada talabalar namoyishi: 23 kishi ushlandi, 7 kishi jarohatlandi

Albaniya poytaxti Tirana shahrida Ta’lim vazirligi binosi oldida o‘tkazilgan talabalar namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi. Hodisa oqibatida 23 kishi ushlandi.

Talabalar oliy ta’lim narxlarining yuqoriligi, o‘qish sharoitlari va bitiruvchilar uchun imkoniyatlar cheklanganiga qarshi norozilik bildirgan. Namoyishchilar vazirlik binosiga tosh va beton bo‘laklarini uloqtirgan.

Politsiya bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. To‘qnashuvlarda olti nafar politsiyachi va bir nafar jurnalist jarohatlangan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73881 99
Turkiyada Halk TV efiri to‘xtatildi: 11 kishi ushlandi

Turkiyada Halk TV telekanali egasi Jafar Mahiroglu bilan bog‘liq tergov doirasida Istanbuldagi telekanal ofisida tintuv o‘tkazildi.

Hibsga olinishi belgilangan 17 kishidan 11 nafari qo‘lga olingan. Shuningdek, telekanal efiri to‘xtatilib, tashkilotga boshqaruvchi tayinlangan.

Jafar Mahiroglu korrupsiya, tender jarayonlariga aralashish va noqonuniy yo‘l bilan olingan mol-mulkni legallashtirishda gumon qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Turkiyadan tashqarida bo‘lishi mumkin.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73880 114
Qashqadaryoda erkak xotinini rashk sabab do‘pposladi

Erining zo‘ravonliklaridan himoyalanish maqsadida order olgan va taʼqiblardan qochib ijarada yashayotgan ayol yana kaltaklandi.

Bu safargi janjalga erkak ayolini rashk qilishi sabab bo‘lgan. U turmush o‘rtog‘ining telefonida begona insonning raqamini ko‘rib jahli chiqqan va 2 soat davomida do‘pposlagan.

👉 BATAFSIL VIDEODA

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73879 125
Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuchli yomg‘ir ortidan yuzaga kelgan sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, 13-oktyabr kuni soat 17:30 atrofida tumanning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, Qo‘ng‘irot mahallasidagi Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel o‘tgan.

Yo‘ldan adashgan Damas haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqur qismiga tushib qolgan.

Haydovchi mashinadan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq sel oqimi avtomobilni ichidagi yo‘lovchi bilan birga oqizib ketgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73878 125
Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

2030-yilgacha tomorqa issiqxonalari uchun yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish, ularni aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilish hamda energiya tejamkor tizimlar iste’mol qilgan elektr energiyasi xarajatlarining yarmini qoplash nazarda tutuvchi takliflar ko'rib chiqilmoqda.

Yangi ekologik toza issiqxonalar qurish uchun 300 million so‘mgacha, mavjud issiqxonalarni qayta jihozlash uchun esa 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit berish taklif etilmoqda.

Shuningdek, issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada ehtiyojmand oilalar uchun ekologik xavfsiz issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73877 123
5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan shaxslar tashkil etgan narkolaboratoriya fosh qilindi.

Aniqlanishicha, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan.

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida xonadondan 5 kg 863 gramm “Pregabalin” moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsula, ikkita elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73876 121
Oydan Yerga elektr uzatish: Yaponiyaning g‘ayrioddiy loyihasi

Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi Oy ekvatori bo‘ylab ulkan quyosh panellari halqasini qurib, ishlab chiqarilgan energiyani Yerga uzatish g‘oyasini taklif qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73875 132
Bugun havo iliq: harorat 25 darajagacha koʻtariladi

Oʻzgidromet ma’lumotiga koʻra, bugun kunduzi respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20–25° iliq bo‘ladi.
 
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarning ba’zi joylarida esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15–20° iliq bo‘ladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73874 145
🌐 ZAMON.UZ DAYJESTI:
13- OKTYABR
TAFSILOTLARI

🔺 Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari: Prezident terma jamoa a’zolarini mukofotladi.

🔺 Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi.

🔺 Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi.

🔺 Andijonda YTH: Chery haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi.

🔺 Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi.

🔺 Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti.

🔺 Ar-Riyod aeroporti 17-oktabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda.

🔺 Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni Zamon.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Older posts →

About this channel

How can I read @zamonuzb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ZAMON.UZ | LIVE: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ZAMON.UZ | LIVE have?
ZAMON.UZ | LIVE (@zamonuzb) has 1.25K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ZAMON.UZ | LIVE know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →