Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida kuchli yomg‘ir ortidan yuzaga kelgan sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, 13-oktyabr kuni soat 17:30 atrofida tumanning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, Qo‘ng‘irot mahallasidagi Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel o‘tgan.
Yo‘ldan adashgan Damas haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash uchun sel o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqur qismiga tushib qolgan.
Haydovchi mashinadan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan. Biroq sel oqimi avtomobilni ichidagi yo‘lovchi bilan birga oqizib ketgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73879
125
