Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi
O‘zbekiston Prezidenti bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan, beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Yangi qonunga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi.
Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, jumladan, ta’lim muassasalari xodimlari va yaqin qarindoshlar ham qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.
Qonunda bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun belgilangan jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘ymaslik ham nazarda tutilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73893
108
