Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi
Rossiyaning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi fuqarolariga havo qatnovi tiklanguniga qadar qirollikka safar qilishdan tiyilishni tavsiya qildi.
Elchixona vakillarining tushuntirishicha, hozirgi asosiy qiyinchiliklar Ar-Riyod aeroporti faoliyatining vaqtincha to‘xtatilgani va mamlakatdagi bir nechta yirik aeroportlar ishida uzilishlar kuzatilayotgani bilan bog‘liq. Zarurat tug‘ilsa, fuqarolarga Saudiya Arabistonining boshqa shaharlaridagi yoki qo‘shni davlatlardagi aeroportlardan foydalanish tavsiya etilgan.
Diplomatik vakolatxona Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilish rejalashtirilmaganini ham bildirgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73980
89
