Dronlar xavfi: Moskva va Sankt-Peterburg aeroportlari faoliyati to‘xtatildi
Ukraina dronlari hujumi xavfi sabab Moskvaning Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida parvozlar vaqtincha cheklangan. Oqibatda kamida 423 ta reys kechiktirilgan.
Tunda Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti ham yopilgan. “Fontanka” nashriga ko‘ra, bu yerdagi cheklovlar ertalab soat 9:00 da bekor qilingan. 37 ta reys kechiktirilgan yoki bekor qilingan, aeroport yana 9 ta reysni qabul qila olmagan. Ayrim yo‘lovchilar parvozlarini 13 soatdan ortiq kutishga majbur bo‘lgan.
“Agentstvo” nashri hisob-kitobiga ko‘ra, oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etgan. Sentabrda bu ko‘rsatkich 46 soat bo‘lgan. 14-oktyabrga o‘tar kechasi esa Moskvaning barcha aeroportlari bir vaqtning o‘zida yetti soatga yopilgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73972
102

