Energetika sohasiga 35 mlrd dollar investitsiya kiritildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlat rahbari barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va aholining ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini ta’kidladi.
So‘nggi o‘n yilda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga, “yashil” quvvatlar esa 11,1 gigavattga yetdi.
Muloqot doirasida umumiy qiymati 4,7 milliard dollarlik 6 ta loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular orqali 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73958
124
