Saudi Aramco bosh qarorgohiga hujum qilindi: majmuada yong‘in chiqdi
Saudiya Arabistoni hukumati Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Zahran shahridagi bosh qarorgohiga hujum uyushtirilganini tasdiqladi.
Mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida majmua hududida yong‘in yuzaga kelgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Reuters kompaniyadagi manbasiga tayanib xabar berishicha, majmua binolaridan biriga ballistik raketa kelib tushgan va binoning yuqori uch qavatiga zarar yetkazgan.
Telegram | Live | Youtube | Instagram
Post #73899
135