TGViewer
ZAMON.UZ | LIVE ZAMON.UZ | LIVE @zamonuzb · 1.25K subscribers
Post #73959 68
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

Energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. Kelgusi yil 1-martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar esa to‘liq bosh reja taqdim etiladi.

Hujjatlarda hududlarda elektr energiyasiga talabning o‘sishi, zarur infratuzilma va yangi quvvatlarni joylashtirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Bu investorlarga uzoq muddatli rejalar tuzishga yordam beradi.

Shuningdek, “yashil” energiya ishlab chiqaruvchilarga sertifikatlar va karbon kreditlaridan qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu daromadni davlat va investorlar o‘rtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etiladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
More from @zamonuzb
  1. Oct 16, 2026Davlat rahbari investorlarga: “Prezident komandasi sizlarga ko‘makchi bo‘ladi!” Prezident…
  2. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda: “…
  3. Oct 16, 2026Energetika sohasiga 35 mlrd dollar investitsiya kiritildi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoq…
  4. Oct 16, 2026Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror AQSHning Kaliforniya shtati Janu…
  5. Oct 16, 2026Tesla’dan noodatiy taqdimot: Roadster bir soniyadan kam vaqtda 100 km/soatga chiqadi Ilon…
  6. Oct 16, 2026🇺🇸 AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi 15-oktyabr kuni A…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →