TGViewer
Channel Public Channel
Yoshlar Ventures

Yoshlar Ventures

@yoshlarventures

“Fikr bor, lekin kimga aytaman?”, deb o‘ylayapsizmi?
Bizga ayting!
Yoshlar Ventures - yoshlarga startap qilishga yordam beradigan fond.
- Pul kerakmi?
$200.000 gacha sarmoya beramiz.
- Pitch bilmayapsizmi?
O‘rgatamiz.
- PR, mentor, tarmoq - hammasi bor.
Subscribers
7.51K
Photos
1.5K
Videos
324
Links
849
Recent Posts 20 shown
Post #2239 926
🤔 Gamedev sohasida g’oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi?

👾 Biz sizga Ustoz AI platformasidagi maxsus gamedev kurslarini taklif qilamiz. Hozirda ushbu yo‘nalishda 200 nafardan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda. Darslarni o‘rganish orqali siz hayolingizdagi g‘oyani real va sifatli o‘yinga aylantirishni puxta egallaysiz.

🎮 Eng muhimi kurslarni ko‘rib, o‘z o‘yiningizni yaratgach, loyihangiz bilan Yoshlar Ventures’dan investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

✅ Shartlar juda oddiy:
• Ustoz AI platformasidagi gamedev kurslarini o‘zlashtirish;
• O‘zingizning tayyor o‘yin konseptingiz yoki prototipingizni yaratish;
• Loyihangizni taqdim etib, investitsiya uchun ariza topshirish.


⚡️ Startap yoki o‘yin sohasi uchun faqat g‘oya yetarli emas. Shuning uchun biz yosh dasturchi va gamedevchilar uchun kerakli bilim, amaliy tajriba hamda loyihani moliyalashtirish imkoniyatini bir joyda jamlamoqdamiz.

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 2
Post #2237 1.12K
👩‍💻 Ustozlar bo'lmaganida, unicornlar bo'lmas edi.

🚖 Har bir ulkan startap, har bir texnologik mahsulot va global miqyosga chiqqan loyiha ortida bir vaqtlar oddiy xom g‘oyaga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, ilk mijoz va investor paydo bo‘lishidan oldin birinchi turtkini bergan inson ustoz va mentorlar turadi.

🥳 Bugun, 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha jonkuyar o‘qituvchilarimizni Yoshlar Ventures jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

💡 Venchur va startap ekotizimida biz doim kuchli mahsulot, biznes-model va innovatsiyalarga e'tibor qaratamiz. Lekin bu innovatsiyalarga zamin yaratadigan, yoshlarda analitik fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmasini shakllantiradigan aynan ustozlarning beminnat mehnatidir.


😊 Barchangizga dunyoni o‘zgartiradigan iqtidorli shogirdlarni yetishtirishda ulkan zafarlar tilaymiz!

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
  • 🔥 7
  • ⚡ 1
Post #2236 1.17K
Yoshlar Ventures "Yoshlar Ventures"ning San-Fransiskodagi jamoasi Sam Altman bilan uchrashdi! 📌 AQShda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba-muhandislardan iborat "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi vakillari o'ziga xos uchrashuvda OpenAI bosh direktori Sam Altman…

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 4
Post #2235 1.36K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 12
  • 🔥 1
Post #2234 1.32K

Forwarded from Stanbase 🦄

YPO впервые приехала в Узбекистан

Делегация Young Presidents' Organization (YPO) 23 сентября впервые посетила Узбекистан. Визит организовали Yoshlar Ventures и O6 PR. Это первый шаг к созданию первого YPO Chapter в стране.

Представители YPO встретились с бизнес-лидерами Узбекистана, включая Bon!, UzOman и Uzcard Management Group, и посетили Yoshlar Ventures, Enterprise Uzbekistan и ICT Week.

YPO основана в 1950 году. Это сообщество руководителей: более 38 000 участников в 150+ странах. Совокупная выручка их компаний около $9 трлн, сотрудников более 22 млн. YPO сотрудничает с Goldman Sachs и EY.

Yoshlar Ventures это фонд из Узбекистана с капиталом $20 млн. Он вложил около $1,6 млн в 30 стартапов. Следующий этап: запуск первого YPO Chapter в Узбекистане.

@stanbasetech
  • 🔥 2
Post #2233 1.53K
Bonu startapi Yoshlar Venturesdan $40000 investitsiya oldi!

🎂 Tug'ilgan kunga tort buyurtma qilish odatda uzoq jarayon. Qandolatxonani qidirasiz, Telegram'dan yozishasiz, tortning ko'rinishini tasvirlab berasiz, natija esa kutganingizdek chiqmasligi mumkin.

Bonu esa bunga yechim bera oldi. Bu O'zbekistondagi birinchi maxsus tortlar konstruktori bo'lib, mijoz mobil ilovada tug'ilgan kun va bayram tortini 3D formatda o'zi yaratadi. Buyurtma hamkor qandolatxonaga tushadi va tort bir necha soat ichida yetkazib beriladi.

📌 Platforma mahalliy qandolatxonalarni yakuniy iste'molchilar bilan yagona texnologik ekotizimda bog'laydi. "Mening odamlarim" CRM-moduli yaqinlarning tug'ilgan kunlarini oldindan eslatib turadi va takroriy xaridni rag'batlantiradi.


📈 Ilova 2026-yil 16-avgustda ishga tushirilgan va uchinchi kunidayoq O'zbekiston App Store'ining "Oziq-ovqat va ichimliklar" toifasida 1-o'ringa chiqdi. Hozir 20.000 foydalanuvchi Toshkent va Samarqandda Bonu xizmatidan foydalanmoqda. Investitsiya hamkor qandolatxonalar sonini ko'paytirishga, yangi shaharlarga chiqishga va mahsulotni rivojlantirishga yo'naltiriladi.

🤝 Bonu jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va O'zbekistonda bayram va tug'ilgan kun madaniyatini raqamlashtirishda ulkan natijalarga erishishiga ishonamiz!

📎 Siz ham Bonu'ni sinab ko'ring va o'z tortingizni o'zingiz yarating, buyurtma bering: bonu-bakery.uz/app/download

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • 🔥 11
  • ⚡ 3
  • 👍 3
Post #2232 1.72K
📹CHANGAN avtomobillaridan biri sizniki bo‘lishi mumkin!

“Besh tashabbus” doirasida Zamonaviy kasblar tanlovi start oldi!

⚡️ Agar siz:
• Grafik dizayn
• Veb-sayt yaratish
• Mobilografiya
yo‘nalishlaridan birini o‘rganishga qiziqsangiz — bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang!

Ishtirok etish shartlari:
1️⃣Ustoz AI ilovasi orqali yuqoridagi yo‘nalishlardan birida ta’lim oling.
2️⃣ Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘ling.
3️⃣ Sertifikatni olganingizdan so‘ng, maxsus havola orqali tanlovga ro‘yxatdan o‘ting.

🏆 Tanlov g‘oliblarini esa 3 ta CHANGAN avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!

🔆 Ro‘yxatdan o‘tish 30-sentyabr kuni yakunlanadi.

👉 Hoziroq Ustoz AI ilovasiga kiring va havola orqali roʻyxatdan oʻting!
  • ❤ 8
  • ⚡ 2
Post #2230 693

Forwarded from Alisher Sadullaev

⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  • 🔥 24
  • ❤ 7
  • ❤‍🔥 6
  • 👍 2
Post #2229 1.73K
🇺🇿 Tarixiy Olimpiada, yorqin gʻalabalar va yangi marralar!

♟️Samarqand shahrida jahon sporti tarixida oʻchmas iz qoldiradigan buyuk voqelik yuz bermoqda. 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi, FIDE Kongressi hamda Shaxmat Paralimpiadasi kabi nufuzli anjumanlar bir vaqtning oʻzida aynan Oʻzbekistonda start oldi.

🚀 Oʻz yurtida, millionlab yurtdoshlarimizning nigohi va qoʻllab-quvvatlovi ostida shaxmat o’ynash shaxmatchilarimizga cheksiz ishonch va kuch bagʻishlamoqda. Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan barcha 6 ta terma jamoamiz aʼzolariga omad tilaymiz!

🎉 G’alaba albatta biz tomonda, jamoamiz Hindiston, Xitoy va Armaniston jamoalari ustidan g’alaba qozondi

Yoshlar Ventures va Yashil tashabbuslar jamgʻarmasi jamoasi shaxmachilarimizga ulkan zafarlar va omad tilaydi!

Biz sizga ishonamiz!

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #2228 3.22K
Yoshlar Ventures - AWS Activate rasmiy hamkori!

🤝 Yoshlar Ventures AWS Activate dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi va UzCombinator startaplari endi $10000 AWS kredit olishi mumkin. Kredit 2 yil davomida amal qiladi.

☁️ AWS - dunyodagi eng yirik bulut platformasi. Kredit hisobiga mahsulotingizni serverda joylashtirish, GPU quvvatidan foydalanish va Amazon Bedrock orqali AI modellarni ulash mumkin. Bulut xarajati kamayib, runway uzoqroqqa yetadi. Bundan tashqari, Airtable, Carta, DocSend, HubSpot kabi vositalarda $800.000 gacha chegirmalar ham mavjud.


✅ Shartlar juda oddiy:
• Series B'gacha bosqichdagi startap bo'lish;
• Veb-sayt yoki profilga ega bo'lish;
• Kompaniya so'nggi 10 yil ichida tashkil etilgan bo'lishi.

⚡️ Startap uchun sarmoya muhim, lekin shuning o'zi yetmaydi. Shuning uchun biz asoschilarga investitsiya bilan birga kuchli texnologiya, xarajatni tejash imkoniyati va o'sish uchun kerakli barcha vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqdamiz.

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • 🔥 9
  • ⚡ 3
  • 👍 2
Post #2227 2.66K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 8
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #2225 1.95K
💡 Har bir buyuk startap ortida ishongan va qo‘llagan jamoa turadi!

Aynan sizning mehnatingiz va bergan imkoniyatlaringiz sababli bugun minglab yoshlarning shunchaki xom g‘oyalari real loyihalarga, ishlayotgan bizneslarga aylanmoqda.


✅ Startap qurish oson emas, lekin to‘g‘ri yo‘nalish va tayanch bo‘lsa imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Yoshlarga bildirgan ishonchingiz va har bir loyiha ustida qilayotgan mehnatingiz uchun rahmat!

Kelajakni birgalikda quramiz! 🚀

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ⚡ 5
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
Post #2224 1.45K
🎮 O‘zbekistonda ilk bor mahalliy kompyuter o‘yiniga investitsiya kiritildi!

ICTweek 2026 doirasida Yoshlar Ventures loyihalaridan biri, ya'ni Sherdor Games akseleratsiya dasturi ishtirokchisining “Jupiter” PC-o‘yiniga ilk rasmiy sarmoya kiritildi!

✅ Bu shunchaki investitsiya emas bu O‘zbekiston o‘yin industriyasi tarixidagi yangi sahifa va mahalliy dasturchilarimizning xalqaro bozorga chiquvchi birinchi katta qadamidir. Sherdor Games akseleratsiyasida yetishib chiqqan ushbu loyiha endi yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda.


UzCA Game Fund O‘zbekistonda gamedev loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishga ixtisoslashgan birinchi fond.

🤔 Sizda ham tayyor PC/mobil o‘yin, ishlab chiqilayotgan MVP yoki istiqbolli g‘oya bormi? Sherdor Games va UzCA Game Fund bilan birgalikda o‘z loyihangizni xalqaro darajaga olib chiqing!

🚀 Keyingi investitsiya sizning o‘yiningizga yo‘naltirilishi mumkin!

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 5
  • 🔥 1
Post #2223 1.57K
Ibn Sino tadqiqotlariga asoslangan aqlli sog‘liq ilovasi

✅ Bu safargi "1 daqiqada tushuntir" rubrikamizda navbatdagi qatnashchimiz Aziza o‘zining VITA startapi haqida so‘zlab berdi.

💊 Bugun ko‘pchilik kasal bo‘lganda birinchi bo‘lib dori-darmonga murojaat qiladi. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino kasalliklarni tabiiy usullar bilan davolagan. VITA loyihasi aynan shu tajribaga tayanib, insonlarga sog‘lig‘ini yaxshilashda yordam beradi.

📌 Foydalanuvchi platformaga kirib, kundalik odatlarini (suv, uyqu, energiya, kayfiyat) kuzatib boradi. Ilovadagi gamification elementlari zerikmasdan sog‘lom turmush tarziga o‘tishga yordam beradi. Vazifalar bajarilgan sari foydalanuvchining avatari kuchayib boradi.


⚡️ Loyihaning eng katta "fishka"si esa AI Murabbiy. Foydalanuvchi "Energiyam kam, nima qilay?" yoki "Yaxshi uxlash uchun nima qilishim kerak?" deb yozadi. AI esa Ibn Sino tadqiqotlariga tayanib, unga tabiiy maslahatlar beradi.

🚀 Startapni rivojlantirishda Azizaga Debocha mentorlari katta yordam bergan. Agar siz ham o‘z startapingizni 0 dan qurmoqchi bo‘lsangiz, Debochadan hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📎 https://debocha.uz/

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
Post #2220 1.55K
🇺🇿 Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev startap loyihalar bilan tanishdi!

🔥 Bilasizmi, ushbu tashrifda portfelimizdagi Moomkin startapi asoschisi Jasurbek Hakimov ham o'z startap loyihalarini Yurtboshimizga taqdim qilishdi

✅ Bugungi kunga qadar Moomkin jami $140 000 investitsiya jalb qilgan:
🔴 $20 000 - AloqaVentures
🔴 $30 000 - Yoshlar Ventures
🔴 $90 000 - angel investorlar

Albatta bu hali debocha, ishonamizki, bu startap kelgusida global sahnalarni ham zabt etadi! 🌍

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 3
  • 🔥 2
Post #2219 1.56K
$160 millionlik startap nega atigi 2 yilda quladi?

💡 1999-yilda internetdagi eng istiqbolli startaplardan biri Pets com paydo bo‘ldi. G‘oya uy hayvonlari uchun kerakli barcha mahsulotlarni internet orqali sotish edi.

📈 Amazon ham loyihaga katta sarmoya kiritdi. Kompaniya reklama uchun millionlab dollar sarfladi, mashhur paypoq-qo‘g‘irchoq esa brendning ramziga aylandi. Hammasi muvaffaqiyatli startap hikoyasidek ko‘rinardi.

💸 Ammo muammo shundaki, mahsulotlarni yetkazib berish arzon, foyda juda kam, kompaniya esa katta mablag‘ni tezlik bilan sarflayotgan edi. 2000-yilga kelib, aksiyalar qiymati keskin tushdi va Pets com faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

📹 Xo‘sh, millionlab dollar investitsiya qilingan startap qanday qilib bunday tez qulab tushdi?

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #2216 1.26K

Forwarded from UzCombinator

🇺🇿Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi tashrifi davomida yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi!

🎉Quvonarlisi shundaki, ushbu tashrifda UzCombinator 1-mavsum rezidenti Moomkin startapi asoschisi Jasurbek Hakimov va 2-mavsum rezidenti Occlum startapi asoschisi Abdulloh Masaidov ham o'z startap loyihalarini Prezidentimizga taqdim qilishdi 🚀

📌Eslatib o'tamiz, avvalroq:

- Moomkin startapi Aloqa Ventures'dan $20.000, Yoshlar Ventures'dan $30.000 va Angel investorlardan $90.000 – jami $140.000;

- Occlum startapi esa United Ventures fondidan $40.000 miqdorida investitsiya jalb qilgan edi⚡️

UzCombinator jamoasi o'z rezidentlarining bu kabi yutuqlaridan cheksiz faxrlanadi 🧡

Bu hali boshlanishi, ishonamizki, bu startaplar kelgusida jahon bozorini zabt etadi! 🌍

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @yoshlarventures without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Yoshlar Ventures: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Yoshlar Ventures have?
Yoshlar Ventures (@yoshlarventures) has 7.51K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Yoshlar Ventures know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →