🚖 Har bir ulkan startap, har bir texnologik mahsulot va global miqyosga chiqqan loyiha ortida bir vaqtlar oddiy xom g‘oyaga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, ilk mijoz va investor paydo bo‘lishidan oldin birinchi turtkini bergan inson ustoz va mentorlar turadi.
🥳 Bugun, 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha jonkuyar o‘qituvchilarimizni Yoshlar Ventures jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
💡 Venchur va startap ekotizimida biz doim kuchli mahsulot, biznes-model va innovatsiyalarga e'tibor qaratamiz. Lekin bu innovatsiyalarga zamin yaratadigan, yoshlarda analitik fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmasini shakllantiradigan aynan ustozlarning beminnat mehnatidir.
😊 Barchangizga dunyoni o‘zgartiradigan iqtidorli shogirdlarni yetishtirishda ulkan zafarlar tilaymiz!
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
