🎂 Tug'ilgan kunga tort buyurtma qilish odatda uzoq jarayon. Qandolatxonani qidirasiz, Telegram'dan yozishasiz, tortning ko'rinishini tasvirlab berasiz, natija esa kutganingizdek chiqmasligi mumkin.
Bonu esa bunga yechim bera oldi. Bu O'zbekistondagi birinchi maxsus tortlar konstruktori bo'lib, mijoz mobil ilovada tug'ilgan kun va bayram tortini 3D formatda o'zi yaratadi. Buyurtma hamkor qandolatxonaga tushadi va tort bir necha soat ichida yetkazib beriladi.
📌 Platforma mahalliy qandolatxonalarni yakuniy iste'molchilar bilan yagona texnologik ekotizimda bog'laydi. "Mening odamlarim" CRM-moduli yaqinlarning tug'ilgan kunlarini oldindan eslatib turadi va takroriy xaridni rag'batlantiradi.
📈 Ilova 2026-yil 16-avgustda ishga tushirilgan va uchinchi kunidayoq O'zbekiston App Store'ining "Oziq-ovqat va ichimliklar" toifasida 1-o'ringa chiqdi. Hozir 20.000 foydalanuvchi Toshkent va Samarqandda Bonu xizmatidan foydalanmoqda. Investitsiya hamkor qandolatxonalar sonini ko'paytirishga, yangi shaharlarga chiqishga va mahsulotni rivojlantirishga yo'naltiriladi.
🤝 Bonu jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va O'zbekistonda bayram va tug'ilgan kun madaniyatini raqamlashtirishda ulkan natijalarga erishishiga ishonamiz!
📎 Siz ham Bonu'ni sinab ko'ring va o'z tortingizni o'zingiz yarating, buyurtma bering: bonu-bakery.uz/app/download
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
