TGViewer
Yoshlar Ventures Yoshlar Ventures @yoshlarventures · 7.5K subscribers
Post #2223 1.57K
Ibn Sino tadqiqotlariga asoslangan aqlli sog‘liq ilovasi

✅ Bu safargi "1 daqiqada tushuntir" rubrikamizda navbatdagi qatnashchimiz Aziza o‘zining VITA startapi haqida so‘zlab berdi.

💊 Bugun ko‘pchilik kasal bo‘lganda birinchi bo‘lib dori-darmonga murojaat qiladi. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino kasalliklarni tabiiy usullar bilan davolagan. VITA loyihasi aynan shu tajribaga tayanib, insonlarga sog‘lig‘ini yaxshilashda yordam beradi.

📌 Foydalanuvchi platformaga kirib, kundalik odatlarini (suv, uyqu, energiya, kayfiyat) kuzatib boradi. Ilovadagi gamification elementlari zerikmasdan sog‘lom turmush tarziga o‘tishga yordam beradi. Vazifalar bajarilgan sari foydalanuvchining avatari kuchayib boradi.


⚡️ Loyihaning eng katta "fishka"si esa AI Murabbiy. Foydalanuvchi "Energiyam kam, nima qilay?" yoki "Yaxshi uxlash uchun nima qilishim kerak?" deb yozadi. AI esa Ibn Sino tadqiqotlariga tayanib, unga tabiiy maslahatlar beradi.

🚀 Startapni rivojlantirishda Azizaga Debocha mentorlari katta yordam bergan. Agar siz ham o‘z startapingizni 0 dan qurmoqchi bo‘lsangiz, Debochadan hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📎 https://debocha.uz/

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
More from @yoshlarventures
  1. Oct 2, 2026🤔 Gamedev sohasida g’oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? 👾 Bi…
  2. Oct 2, 2026Post #2238
  3. Oct 1, 2026👩‍💻 Ustozlar bo'lmaganida, unicornlar bo'lmas edi. 🚖 Har bir ulkan startap, har bir tex…
  4. Sep 30, 2026Post #2236
  5. Sep 29, 2026Post #2235
  6. Sep 29, 2026YPO впервые приехала в Узбекистан Делегация Young Presidents' Organization (YPO) 23 сентяб…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →