TGViewer
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligi @yoshlaragentligi · 255K subscribers
Post #18980 7.53K
⚡️Kitobxonlik uchun imkoniyatlar kengaymoqda

2026-yilda kitobxonlikni rivojlantirishda kutubxonalardan tortib, muallif va kitobxonlarni rag‘batlantirishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi natijalar qayd etildi.

Kitobga kirish imkoniyati qanday kengaymoqda?

• 20 ta yangi konstruksiyali kutubxona tashkil etilmoqda;
• mahalla kutubxonalari sonini 12 tadan 330 taga yetkazish rejalashtirilgan;
• davlat tashkilotlarida 40 ta “Kitob burchagi” tashkil etildi.

Bugungi kitobxonlik qamrovi qanday?

Milliy kutubxona tizimida 495 ming a’zo mavjud. Kitobxonlik indeksida 248 ta nashriyot, 829 ta kitob do‘koni va 3,1 mln mutolaa foydalanuvchisi qamrab olingan.

Mualliflar qanday rag‘batlantirilmoqda?

“Iste’dodli muallif” tanloviga 217 nafar ijodkor ariza topshirdi. 29 nafar muallif taqdirlanib, jami 3,2 mlrd so‘m mukofot ajratildi.

“Yosh yozuvchilar” tanlovida 201 nafar yosh qatnashdi. 15 nafar g‘olibning asarlari jami 15 ming nusxada chop etilmoqda.

Kitobxonning o‘zi-chi?

“Top 100 kitobxon” loyihasida hozirgacha 27 455 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Final bosqichi dekabr oyida o‘tkaziladi.

Bu raqamlar kitobxonlikda kitob yaratish, uni o‘quvchiga yetkazish va mutolaani rag‘batlantirish bir vaqtda olib borilayotganini ko‘rsatadi.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 23
  • ❤‍🔥 8
  • ⚡ 4
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @yoshlaragentligi
  1. Oct 17, 2026🚀 Navoiyda yoshlar uchun yangi ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari ochildi Navoiy shahrid…
  2. Oct 17, 2026🚀Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona platformada O‘zbekistonl…
  3. Oct 16, 2026Ayni vaqtda Prezidentimiz yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o…
  4. Oct 16, 2026⚡️“Zamonaviy kasblar” tanlovida avtomobil va pul mukofotlari! Yoshlar ishlari agentligi to…
  5. Oct 15, 2026100 million so‘m imtiyozli kredit – asalarichilikdan 35 million so‘mgacha daromad Davlatim…
  6. Oct 15, 2026⚡️Kitob o‘qib, 50 ming dollar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yoshlar o‘rtasida k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →