100 million so‘m imtiyozli kredit – asalarichilikdan 35 million so‘mgacha daromad
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan yoshlar safi kengaymoqda.
Ana shunday yoshlardan biri – Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Baluj mahallasida yashovchi Damir Yusufboyev.
U Prezidentimizning PQ-62-son qarori asosida mahalla yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, asalarichilikni yo‘lga qo‘ydi.
Dastlab 30 ta asalari yashigi bilan ish boshlagan yosh tadbirkor bugungi kunda 30–35 million so‘m daromad olishga erishmoqda.
Damirning tajribasi imtiyozli kredit mablag‘lari mahallalarda yoshlarning aniq biznes tashabbuslariga, eng muhimi, daromad keltiradigan faoliyatga aylanayotganining amaliy misolidir.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18966
15.6K