🚀 Navoiyda yoshlar uchun yangi ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari ochildi
Navoiy shahridagi Yoshlar sun’iy intellekt va startap markazida yoshlarning bilim olishi, intellektual salohiyatini oshirishi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan uchta yangi loyiha o‘z faoliyatini boshladi.
“Intellekt” shaxmat klubi — yoshlarning mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun yangi maydon.
“IELTS School” o‘quv va konsalting markazining yangi filiali — yoshlarning ingliz tilini o‘rganishi, xalqaro til imtihonlariga tayyorlanishi hamda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida bilimlarini kengaytirishiga xizmat qiladi.
“Navoiy xazinasi” kitob do‘konining yangi filiali — yoshlar uchun kitoblar bilan tanishish, mutolaa qilishga qiziqishni oshirish va kitobxonlik muhitini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Mazkur loyihalar yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, o‘z ustida ishlashi hamda yangi maqsadlar sari intilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan loyihalarni rivojlantirishda davom etadi.
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18979
4.54K