⚡️Kitob o‘qib, 50 ming dollar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa savodxonligini oshirish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida “Milliy kitobxonlik harakati” umummilliy tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov 1–11-sinf o‘quvchilarini qamrab oladi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mutolaa ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, 50 ming AQSH dollari miqdoridagi bosh sovrin uchun bellashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tanlov uchta toifa bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹1–5-sinf o‘quvchilari;
🔹 6–8-sinf o‘quvchilari;
🔹 9–11-sinf o‘quvchilari.
Har bir toifa uchun mutolaa qilinishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati belgilangan. Ushbu ro‘yxatlar bilan yuqoridagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin.
Tavsiya etilgan barcha kitoblar Mutolaa ilovasida mavjud bo‘lib, tanlovga tayyorgarlik jarayonida ulardan foydalanish mumkin.
Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 240 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Tavsiya etilgan kitoblarni o‘qishni bugundan boshlang va “Milliy kitobxonlik harakati”da ishtirok etish imkoniyatidan foydalaning!
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Post #18964
32.9K


- ❤ 25
- 👍 21
- ⚡ 1
- 🕊 1