TGViewer
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligi @yoshlaragentligi · 256K subscribers
Post #18944 15.2K
💐“MODA YO‘LI” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Tanlovning respublika bosqichida O‘zbekistonning turli hududlaridan saralangan 55 nafar yosh dizayner qiz o‘z mualliflik kolleksiyalarini namoyish etdi.

Tanlovga 20 000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ishtirokchilar to‘rtta yo‘nalish — zamonaviy moda, avangard, milliy moda va oqshom liboslari bo‘yicha bellashdi.

G‘oliblar uchun jami 300 million so‘mlik mukofotlar ajratildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rin sohibiga 25 million, ikkinchi o‘rin sohibiga 15 million, uchinchi o‘rin sohibiga 10 million so‘mlik vaucher berildi. Gran-pri sohibiga esa xorijda ta’lim olish va malaka oshirish uchun 100 million so‘mlik dastur taqdim etildi.

“MODA YO‘LI” loyihasi yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va milliy moda sanoatida yangi professional imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, Qizlar ovozi klubi va Dizaynerlar klubi tomonidan tashkil etildi.

🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 39
  • ❤‍🔥 16
  • 🏆 10
  • 👍 6
  • 👌 4
More from @yoshlaragentligi
  1. Oct 15, 2026100 million so‘m imtiyozli kredit – asalarichilikdan 35 million so‘mgacha daromad Davlatim…
  2. Oct 15, 2026⚡️Kitob o‘qib, 50 ming dollar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yoshlar o‘rtasida k…
  3. Oct 15, 2026🇺🇿Xivada yoshlarning tashabbuslari qo’llab-quvvatlanmoqda “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →