TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

@ykfoundation

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz

✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012
Subscribers
30.2K
Photos
9.9K
Videos
3.7K
Links
11.4K
Recent Posts 19 shown
Post #18654 179
#TilOʻrganing #IbratFarzandlari

📢 Ingliz yoki rus tilini o‘rganing va qimmatbaho sovg‘alar yuting!

🙋‍♂️ Ingliz va Rus tillarida Ibrat Ligasi start olmoqda! Liga Qoidasi juda oddiy: Darslarni bajarasiz, XP (ball) to‘playsiz va sovrin yutasiz!

🎁 Eng katta sovrinlar:

☑️ Rus tili bo‘yicha 1-o‘rin — iPhone 18 Pro
☑️ Ingliz tili bo‘yicha 1-o‘rin — MacBook
☑️ 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
☑️ 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m

💰 Har ikki til uchun sovrinli o‘rinlar alohida! Lekin gap faqat 3 ta o‘rin haqida emas! 200-o‘ringacha pul mukofotlari, 1000-o‘ringacha esa sovrinlar bor:

☑️ 4–10-o‘rin — 1 000 000 so‘m
☑️ 11–50-o‘rin — 500 000 so‘m
☑️ 51–100-o‘rin — 200 000 so‘m
☑️ 101–200-o‘rin — 100 000 so‘m
☑️ 201–500-o‘rin — Ibrat PRO obunasi
☑️ 501–1000-o‘rin — Mutolaa Premium obunasi

👥 Bundan tashqari: Har bir viloyat g‘oliblari ham alohida taqdirlanadi!

☑️ 1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
☑️ 2-o‘rin — 500 000 som
☑️ 3-o‘rin — 300 000 so‘m

🏞 Ya’ni bir vaqtning o‘zida ham Respublika, ham o‘z viloyatingiz reytingida qatnashasiz! Siz sovrin uchun kurashasiz, lekin qo‘lingizda eng qimmatli narsa bilim qoladi.


⏰ START: 3-oktabr, soat 19:00 da! Hoziroq Ibrat academy ilovasini yuklab oling va Liga ishtirokchisiga aylaning!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
  • ❤ 1
Post #18653 18K
💸 ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.

🎓 Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

⏺Grant imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

✍️Arizalar 2026-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil:

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18652 21.4K
✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi!

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi! Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.


❓Qoplanadigan miqdor qancha?

⏺ Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi.
⏺Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi.
⏺Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi.

🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi?
⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan;
⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari.
(Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak).


❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q!

🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi. Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi.

👉 Ariza topshirish juda oson:
💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring;
💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering;
💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18651 22.1K
#magistratura #qabul2026 #imkoniyat

⚡️🎓Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.


🟡 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktabrga qadar uzaytirildi.

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18650 21.4K
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev:

"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18649 21.9K
🌺Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli murabbiylar!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoasi Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etadi!

💐Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, yoshlarga berayotgan bilimingiz, mehringiz va hayotiy saboqlaringiz kelajak avlod kamolotining mustahkam poydevoridir. Har bir yutug‘imiz ortida fidoyi ustozlarimizning beqiyos hissasi, sabri va ezgu niyati mujassamdir.

🌺Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🥳Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
  • ❤ 1
Post #18648 19.9K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi. Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi. Shu bilan birga…
Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA va Arxitektura universitetlari Britaniya standarti asosida shunday dasturlarni yo‘lga qo‘yib, talabalarga o‘qishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini yaratdi.

Mazkur tajriba yoshlarga xalqaro talabga javob beradigan bilim, malaka va diplom berayotgani ta’kidlandi. Kelasi yildan yana 20 ta oliygohda shunday yondashuv joriy etiladi.

Prezidentimiz ushbu universitetlar rektorlaridan dunyoqarashni o‘zgartirish, boshqaruv tizimini hozirdan moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil qilishni talab qildi.

Maqsad – xorijiy standartlarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirib, talabaga jahonda tan olinadigan tayyorgarlik berish.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18647 20.8K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 📰 Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi, – dedi Prezidentimiz. Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan…
Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi. Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz rektorlar oldiga keskin savol qo‘ydi:
“Oliygohdagi darsliklarning mazmuni bugungi kun talabiga qanchalik mos?”.
Davlatimiz rahbari bu savolga hozircha ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi.

Yigirma ikkita muhandislik oliygohi birlashib, mualliflar jamoalarini tuzishi, xorijlik hamkorlar bilan ishlashi, har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyotini yaratishi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, moslashtirishi mumkin.

Transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik jadal rivojlanmoqda. O‘n bitta tibbiyot oliygohi ham shu yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlashni kechiktirmasligi kerak. Oliygohlar ta’lim sifati va mutaxassislar malakasida hali keskin o‘zgarishi zarur.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18645 20.6K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi – Bog‘cha bolaning qobiliyati kashf etiladigan, zehni ochiladigan maskanga aylanishi zarur, – dedi Prezidentimiz. 💬 Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarimizga mos dastur ishlab chiqildi. 180 ming tarbiyachi…
📰 Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi,

– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplanadi.

Bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun o‘qimoqda.

Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi.

Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18644 20.3K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Ikki yilda inklyuziv muhit yaratilgan maktablar soni 729 tadan 3 ming 591 taga, ya’ni qariyb besh barobarga oshdi. 📰Bugun tengdoshlari qatorida to‘laqonli muhitda ta’lim olayotgan alohida ehtiyojga ega 10 ming bolaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?…
– Bog‘cha bolaning qobiliyati kashf etiladigan, zehni ochiladigan maskanga aylanishi zarur,

– dedi Prezidentimiz.

💬 Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarimizga mos dastur ishlab chiqildi. 180 ming tarbiyachi va pedagog yangi metodika bo‘yicha o‘qitilmoqda.

💬 O‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan dastur hozir bog‘chalarning 30 foizida amal qiladi. Yil yakuniga qadar u 38 mingdan ortiq bog‘chaning barchasiga joriy etiladi.

💬 Toshkentda UNESCO shafeligida Bolalarni erta yoshdan ta’limga jalb qilish mintaqaviy markazi va Italiyaning Rejjio Emiliya markazi ish boshladi. Ular xalqaro standartlar va innovatsion yechimlarni joriy etish, o‘yin orqali ta’lim bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qiladi.

💬 Har yili 50 nafar ilg‘or tarbiyachi xorijda stajirovka o‘taydi, barcha bog‘chalar uchun 100 ta videokontent tayyorlanadi. Uch yillik dastur asosida davlat bog‘chalari elektron doska, kompyuter va rangli printer bilan jihozlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18643 21.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Joriy yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi – o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foiz ko‘p. 2030-yilga borib, ularning soni 1 millionga yetishi kutilmoqda. Har yili investitsiya dasturlari hisobidan 180-200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda. 💬 Prezidentimiz…
💬 Ikki yilda inklyuziv muhit yaratilgan maktablar soni 729 tadan 3 ming 591 taga, ya’ni qariyb besh barobarga oshdi.

📰Bugun tengdoshlari qatorida to‘laqonli muhitda ta’lim olayotgan alohida ehtiyojga ega 10 ming bolaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?

– dedi Prezidentimiz.

💬 Davlatimiz rahbari alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj farzandlar doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.

💬 Yaqinda Toshkent shahrida ko‘p funksional inklyuziv resurs maktabi ish boshladi. U yerda ko‘rish, eshitish yoki harakatlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, ruhiy rivojlanishda qo‘shimcha yordamga muhtoj bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan bir muhitda o‘qib, tarbiya oladi.

💬 Bunday maktablar yil oxirigacha Xorazm, Jizzax va Samarqand viloyatlarida, kelgusi ikki yilda esa barcha hududlarda ochiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18642 21.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million,…
💬 Joriy yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi – o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foiz ko‘p. 2030-yilga borib, ularning soni 1 millionga yetishi kutilmoqda. Har yili investitsiya dasturlari hisobidan 180-200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda.

💬 Prezidentimiz o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan 52 ta tumanda xususiy maktablar ochishni qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlarini e’lon qildi. Ushbu hududlarda maktab tashkil etish uchun 7 yillik 10 foizli imtiyozli kredit, ochish va jihozlash xarajatining 15 foizigacha, ko‘pi bilan 1,5 milliard so‘m subsidiya beriladi. Binosini maktabga ijaraga berganlar yer va mulk solig‘idan imtiyoz oladi.

💬 Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatining yarmi qoplanadi.

💬 Farzandi xususiy maktabda o‘qiydigan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 milliondan 6 million so‘mga oshiriladi. Bu oilalarga yiliga 6-7 million so‘m tejash imkonini beradi; soliq idoralari to‘lovlarni har oy yakunida avtomatik qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18641 20.7K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani maktabdanoq chuqur o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda sinfda 25 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lsa, ushbu fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.…
💬 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

💬 Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.

📰 Endi o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi,

– dedi Prezidentimiz.

💬 Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

💬 Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18640 21.3K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan so‘zlarini yodga oldi. O‘g‘il-qizlarimiz uchun bu darvozani yanada keng ochish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish…
💬 Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani maktabdanoq chuqur o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda sinfda 25 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lsa, ushbu fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

💬 Fundamental fanlar o‘qituvchilari uchun rag‘batning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanadi, har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 million so‘mdan mukofot beriladi. Yana 1 ming o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi.

💬 Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi.

💬 Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa oladi. Prezidentimiz ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming o‘qituvchiga munosib rag‘bat bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18639 21.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi.…
💬 Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan so‘zlarini yodga oldi. O‘g‘il-qizlarimiz uchun bu darvozani yanada keng ochish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish Uchinchi Renessans g‘oyasining o‘zagidir.

💬 Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojlanar ekan, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, mavjud kasblar ham boshqa ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Shu bois, maktab bitiruvchisi katta hayotga til va kasbni egallamasdan chiqmasligi kerak.

📰 Bolani maktabdan kasb, til o‘rgatmasdan chiqarish – uning kelajagiga beparvolik emasmi?

– dedi Prezidentimiz.

💬 Direktorlar o‘quvchilar qaysi til va kasbni o‘rganayotgani, bitirganda qanday hunarga ega bo‘lishi haqida jiddiy o‘ylashi zarurligi qayd etildi.

💬 Maktab rahbarlariga zarur vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlarga sharoit yaratiladi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun komissiya tuziladi; uch oy ichida yangi yechimlar e’lon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18638 21.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda…
💬 Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan.

💬 Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda.

💬 Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezidentimiz bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidladi.

💬 Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18637 21.2K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 📰 Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir, – dedi Prezidentimiz. 💬 O‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga…
💬 Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi.

💬 Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

💬 Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi.

💬 Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18636 20.7K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 💬 Prezidentimiz ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham…
📰 Ta’limni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim bo‘g‘inidir,

– dedi Prezidentimiz.

💬 O‘n yilda 1 million 800 ming o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Davlatimiz rahbari ta’limda binolar va sharoit bilan birga, eng avvalo, mazmun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
📰Biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik”,

– dedi u islohotlarning eng katta natijasi haqida to‘xtalib.

💬 Har bir bola o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi kerak. Bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun esa eng yaxshi darsliklar, kuchli va malakali o‘qituvchilar zarur.

–📰Biz bugun bolaga nimani bersak, ertaga uning natijasini mamlakat kelajagida ko‘ramiz,

– dedi Prezidentimiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Post #18635 21.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 🇺🇿 Ayni daqiqalarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur dargoh ta’lim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib…
💬 Prezidentimiz ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
📰Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,

– dedi.

💬 Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Older posts →

About this channel

How can I read @ykfoundation without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi have?
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) has 30.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →